Tadbirkorlarning sudlardagi ğalabasi va xususiy mulk daxlsizligi

Foto8-iyun, 2020, 16:131 daqiqa0 koʻrish

5-iyun kuni mulki noqonuniy tortib olinganidan norozi bölgan “Yangiobod” turbazasi Oliy Sudda yutib çiqqan va avvalgi instansiya sudlarining barça qarorlari hamda mulkni olib qöyiş haqidagi hokim qarori bekor qilingan edi.

Aytişlariça, bugun, 8-iyun kuni Qarşi tuman maʼmuriy sudida «SULTON TEX GROUP» klasteri ham yutib çiqibdi. Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev tomonidan imzolangan bayonnoma orqali tuzilgan fermerlar kooperatsiyasi noqonuniy deb topilibdi.

Investorlar uçun jozibador muhit haqida ming çiroyli gapirmaylik, mamlakatda xususiy mulkka qilingan mana şunday tajovuzlar töxtamas, şuningdek sudlar jabrdiyda tadbirkorlar tomonda turib, adolatli qaror çiqara olmas ekan, balandparvoz gaplardan ziğirça ham foyda bölmaydi.

Sudlarda şov-şuvli ikkita voqeaning iştirokçisi bölgan tadbirkorlarning yutib çiqişi ijobiy katta qadam, albatta. Bu haqda mana bu yerda ham yaxşi gaplar yozilgandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek