Xususiy mulk va sud tizimiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi
❗️ Xususiy mulk qonun va sudning kafolatli himoyasida bölişi zarur
Şavkat Mirziyoyev raisligida odil sudlovni taʼminlaş va korrupsiyaga qarşi kuraşişga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
✅ Oxirgi bir yarim yil içida sudlar tomonidan hokimlarning yer ajratiş, bino-inşootlarni buziş va xususiylaştirişga oid 1 ming 730 ta qarori bekor qilingan.
✅ Sud orqali yer munosabatlari bilan boğliq mingta, uy-joy buzilişiga doir 51 ta, xususiylaştirişga oid 62 ta holatda fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari tiklangan.
⚡️ Xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqişni bekor qiliş, umuman, davlat idoralarining bunday taşabbus bilan çiqişiga yöl qöymaydi va bu qonunda mustahkamlanadi.
❗️ Yerga bölgan huquqlar kafolati kuçaytirilib, mulkiy huquqlarni bekor qiliş faqat sud tartibida hal etilişini qatʼiy belgilanadi.
🔵 «Bir narsani bilinglar – sarmoya kiritayotgan investor birinçi navbatda öz huquqlari sud orqali kafolatli himoya qilinişiga eʼtibor beradi. Hamma rahbarlar quloğiga quyib olsin: sud faoliyatiga aralaşişga heç kimning haqqi yöq», – deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈

