Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z raqamidan foydalanishi shart

Matn30-iyun, 2020, 15:591 daqiqa0 koʻrish

❗️Ro’yxatdan o’tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar!

❕Oliy ta’lim mussasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni to’g’ri kiritishingizni so‘raymiz, - deyiladi DTM xabarida.

✅ Chunki ro‘yxatdan o‘tishda va ma’lumotlarni o‘zgartirishda sizning telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi va siz SMS xabardagi 5 xonali raqamni dasturga kiritish orqali ma’lumotlarni tasdiqlaysiz.

❌ Tizimga kiritilgan telefon raqamisiz ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

☎️ Davlat test markazining murojaatlar markaziga abituriyentlardan telefon raqamini o‘zgartirib berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

👨🏻‍💻 Bunga abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamlarini kiritmaganligi sabab bo‘lmoqda.

💁‍♂️ Abituriyentlardan buning sababi so‘ralganda, qaysidir kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi joylar orqali yoki qaysidir tanishining yordami bilan ro‘yxatdan o‘tganligini va tizimga ularning telefon raqami kiritilganligini aytishmoqda.

❕Sizlardan ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek