My.gov.uz portalida vaqtinçalik propiska muddati töğrilandi

Foto26-fevral, 2019, 18:121 daqiqa0 koʻrish

Bundan 10 kunça oldin my.gov.uz portali orqali Toşkentda vaqtinçalik propiska oliş uçun texnik tomondan maksimum 6 oy muddatga ariza beriş mumkinligi, aslida esa qonunçilik böyiça bu muddat 1 yilga uzaytirilganini yozgan edim.

Bugun maʼlum qilişlariça, Yagona portalda uşbu xatolik töğrilanib, «1 yil» degan bandni ham qöşişibdi. Tezkor munosabat uçun masʼullarga rahmat!

Va yana olganlarning aytişi böyiça, javobi 1 kunda çiqayotgan ekan.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalaning, mundoq bir zamonaviylaşing, ham vaqtingizni, ham naqdingizni, ham asablaringizni tejaysiz. Balki boşida biroz tuşunarsiz va qiyin bölişi mumkin, lekin keyingilarida 5-10 daqiqa işingiz bitadigan böladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing