Maktab medali uçun test sinovlarida imtiyoz berilmaydi
Oltin va kumuş medal olgan öquvçilarga test sinovlarida imtiyoz berilmaydi
Xalq taʼlimi vazirligi baʼzi Telegram kanallarida eʼlon qilingan xabarlarga munosabat bildirdi.
Vazirlik aytişiça, oltin va kumuş medal beriş tartibiga oid Nizomni baʼzi Telegram kanallar notöğri talqin etmoqda, yaʼni oltin medal olgan maktab bitiruvçisiga kiriş imtihonlarida töplagan umumiy baliga 50 foiz, kumuş medal olgan maktab bitiruvçisiga esa 30 foiz ball qöşib berilişiga oid notöğri maʼlumotlar çop etilgan.
Aslida Nizomda oltin va kumuş medallar bilan taqdirlangan öquvçilarga imtiyozlar berilişi közda tutilmagan.
«Şu örinda taʼkidlaşimiz joizki, oltin va kumuş medallar aʼlo baholarda öqigan öquvçilarga berilişini inobatga olsak, kiriş imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, öz bilimlarini körsata olişlari lozim. Qolaversa, Xalq taʼlimi vazirligi oliy öquv yurtiga kiriş uçun talabgor yoşlarga teng imkoniyatlar taqdim etiş tarafdori», - deyiladi xabarda.
Vazirlik oltin va kumuş medallardan közlangan maqsad öquvçilarni taʼlim olişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, ular örtasida soğlom raqobatni şakllantiriş, korrupsion holatlarni oldini oliş va iqtidorli öquvçilar bilimini rağbatlantirişdan iboratligini taʼkidlagan.
P.S.: Ha, men ham imtiyozlarga qarşiman, barça teng bölgani maʼqul.
Aytgança, oliy taʼlim tizimida ham xalq orasida «qizil diplom» nomi bilan ataladigan, ustki ğilofi qizil rangda, içiga esa «imtiyozli diplom» deb yozilgan diplom beriladi. Lekin bu diplomlar ham heç qanday imtiyoz bermaydi. Agar maqsad şunçaki talabalarni rağbatlantiriş, ularga motivatsiya beriş bölsa, unda oliy taʼlim tizimida ham maktablardagi kabi oltin va kumuş medallar joriy qiliş kerakdir balki. Lekin aslida heç qanday imtiyoz bermaydigan «imtiyozli diplom»larni topşiriş mantiqqa töğri kelmaydi, kulgili hatto.
Bu haqida bir paytlar maqola ham yozgan edim. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi şu haqida öylab körsa, yomon bölmasdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1


