Bayramlardagi marşirovka haqida ijtimoiy sörovnoma

Matn26-fevral, 2019, 09:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#ijtimoiy_sörovnoma

Bayramlardagi marşirovka haqida

Bahor bayramlar fasli. Ayniqsa, Navröz umumxalq bayramini aytmaysizmi? Bayram sayllarida köçalar odamlar bilan tölib-toşgan, doşqozonlarda sumalaklar qaynagan, varraklar uçirilgan... Xullas, barçasi ajoyib.

Navröz arafasida bizda urfga aylangan yana bir odat bor. Bayram dasturlarida iştirok etiş uçun yuzlab, balki minglab talaba qizlarni bayroq kötarişga (davlat bayroği emas, yaşil, qizil bayroqlar), yaʼni marşirovkaga jalb qilişadi. Talaba qizlar 1 oyga yaqin darslardan qolib, repetitsiyalarda iştirok etadi (mendagi aniq maʼlumotlarga köra, joriy yilda ham talaba qizlarni marşirovkaga jalb etiş rejalaştirilyapti, bu haqida OTMlarga tepadan topşiriq kelgan).

Ha, töğri, bu umumxalq bayrami, uni çiroyli ötkazişimiz kerak. Lekin bu ilm olişi kerak bölgan talaba qizlarni taʼlimdan ajratib, issiqda bayroq kötartirişni oqlaydimi? Ertangi kelajagimiz bölgan talaba qizlarga qaysi biri muhimroq: ilm olişmi yoki bayramda bayroq kötariş? Jamiyat uçun qaysi biri foyda?

🏁 - bayroq kötaraverişsin, axir bayramku

📚 - yöqolsin marşirovka! Talabalar ilm olişi kerak!

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Pora beriş va oliş haqida mulohaza

    02 daqiqa

Yana oʻqing