TDYU talabalari uchun 30 million so'mlik ta'lim granti
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzТошкент давлат юридик университети 30 ёшга тўлди 15.08.1991 йилдаги Вазирлар Маҳкамаси қарорига кўра, В.И.Ленин номидаги ТошДУ ҳузуридаги юридик институти неги…Afsuski xorijda xizmat safaridaligim uçun ertaga böladigan asosiy tadbirlarda iştirok eta olmasam-da, lekin töyga töyona bilan deganlaridek, Toşkent davlat yuridik universiteti bitiruvçisi sifatida men ham 30 yillik yubileyga özimning kiçik hissamni qöşmoqçiman.
@xushnudbek kanali nomidan TDYUU talabalari uçun 30 mln sömlik taʼlim granti tanlovi eʼlon qilamiz. Tanlov yakunida, Universitet maʼmuriyati bilan maslahatlaşgan holda, tölov-kontrakt asosida öqiydigan, ehtiyojmand, yaxşi özlaştiriş körsatkiçiga ega, ijtimoiy faol 10 nafar talabaga 3 mln sömdan grant ajratamiz. Töğri, bu summa yarim yillik kontraktini ham qoplaşga yetmaydi, ammo faol talabalarning oilasiga biroz bölsa-da yordam böladi, degan umiddaman.
Metsenat.uz loyihasi doirasida taʼlim grantiga hujjat topşiriş şartlarini tez orada eʼlon qilamiz.
P.S.: boşqa bitiruvçilarni ham, qaysi oliygohda öqiganidan qatʼi nazar, agar imkoniyatlari bölsa, özlari öqigan dargohga, yaʼni taʼlimga qandaydir homiylik kömagi körsatişga çaqirib qolaman. Miqdorning qançaligi, katta-kiçikligi muhim emas, toma-toma köl bölur deyişgani bejizga emas. Asosiysi bizda ham taʼlimga metsenatlik qiliş jamiyatning ajralmas madaniyati darajasiga çiqişini, bizda ham universitetlarimizda yirik Endowment fondlari paydo bölişini orzu qilaman. Qaçondir şu kunlarga ham albatta kelamiz, nasib.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

