Taʼlimda xususiy sektor va metsenatlik rolini oşiriş

Matn21-yanvar, 2020, 21:511 daqiqa0 koʻrish

Yuqoridagi mavzuni davom ettirib:

Bizning taʼlim tizimida nodavlat hamda xususiy sektorning roli juda va juda kam. Hammasini davlatning zimmasiga yuklaşga örganib qolganmiz, davlatning özi ham şuni xohlagan.

Ayniqsa, taʼlimni moddiy qöllab-quvvatlaşda bu yaqqol seziladi. Metsenatlar (ilm homiylari) tomonidan davlatdan mustaqil ravişda eʼlon qilinadigan turli grantlar va stipendiyalar deyarli yöq.

Kamtarona şaxsiy tajribamdan kelib çiqib aytamanki, bizda moddiy ehtiyojmand talabalar ham yetarliça, ilmga ehson qiliş istagida bölgan sahovatpeşa insonlar (taşkilotlar) ham yetarliça.

Ammo ming afsuski, mana şu ikki qutbni birlaştiradigan, ikki toifa insonlarni bir-biri bilan uçraştirib qöyadigan yaxlit tizim yöq. Şu haqida köproq boş qotirişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek