OTM pedagoglari uçun 1 yillik şartnoma tizimi joriy etiladi
Oliy taʼlimdagi pedagoglar bilan 1 yillik şartnoma tizimiga ötilişi mumkin
2020-yilda taʼlim sohasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlarning “yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Unda OTMlarga pedagog xodimlarni işga qabul qiliş tartibini takomillaştiriş haqida ham gap boradi. Jumladan, pedagog xodimlar lavozimi uçun belgilangan beş yillik muddatni qayta körib çiqiş hamda bir yillik mehnat şartnomalarini joriy etiş haqida ham gap ketgan.
Bu nima degani?
Hozir OTM pedagoglari bilan 5 yil muddatga mehnat şartnomasi tuziladi va u keyin qayta tanlovdan ötadi. Rejalaştirilayotgan özgarişga köra, pedagoglar bilan 1 yilga şartnoma tuzib, 1 yildan keyin rektor istagan pedagog bilan şartnomani yoki uzaytiradi, yoki uzaytirmaydi.
Aksariyat rektorlar işonç bilan, bunday tizim noqobil pedagoglardan qutilişning eng maqbul usuli, deya taʼkidlaşadi.
Sizning bu borada fikringiz qanday? Uşbu tizim amaliyotda qay darajada samara berişi mumkin? Fikrlaringizni kutaman 👇
👉 @xushnudbek 👈


