Toşkent davlat yuridik universiteti 30 yoşga töldi
Toşkent davlat yuridik universiteti 30 yoşga töldi
15.08.1991-yildagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, V.I.Lenin nomidagi ToşDU huzuridagi yuridik instituti negizida Toşkent davlat yuridik instituti taşkil etilgan edi. 2013-yilda institut universitetga aylantirildi.
TDYUUning 30 yilligi munosabati bilan ertaga xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, talabalar festivali va boşqa tadbirlar ötkazilar ekan.
Bu oliygoh hayotimda juda katta ahamiyatga ega. 2003-yili (14 yoşligimda) TDYUI qoşidagi akademik litseyga öqişga kirdim. 2006-2014-yillarda bakalavr va magistraturada öqidim, öqituvçi sifatida talabalarga taʼlim berdim. Hozir ham sönggi 1 yildan buyon TDYUUda dars beryapman.
Boşqaça aytganda Yuridik institutda şaxs sifatida şakllandim. Allohga doim şukronalar aytamanki, şunday ajoyib ustozlar qölida taʼlim olganman, iş örganganman. Ulardan bir umr minnatdorman.
Jonajon oliygohim, 30 yoşing muborak bölsin! Sening talabalaring xalqqa foydasi tegadigan, bilimli va halol mutaxassislar bölişsin, deb tilakdoşman.
👉 @xushnudbek 👈

