Talabalar turar joyi muammosi muhokama qilindi
Talabalar turar joyi muammosi böyiça
Respublika Oliy taʼlim kengaşi raisi Öktam Umurzoqov Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevdan talabalar turar joylari muammosi, sohaga xususiy sektorni jalb qiliş, byudjetdan orttirilgan mablağlar evaziga talabalar uçun arzon turar joylar quriş haqida biror rejalar bor yoki yöqligini söradi.
Jahongir Ortiqxöjayev javob berar ekan, mahalliy byudjetni nimalarga taqsimlaşni deputatlar hal qilişi, lekin ulardan 2021-yil uçun takliflar söralganda birorta deputat talabalar turar joylari quriş haqida taklif bermaganini, demak ular bu masalani aktual deb hisoblamaganini aytdi.
Agar deputatlar rozi bölsa, buning uçun mablağ ajratiş mumkinligi, faqat xususiy sektorni jalb qilişdan avval talabalarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini töliq örganib çiqiş kerakligini aytib, turar joy masalasida talabalar örtasida ijtimoiy sörov ötkazişda rektorlardan yordam söradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
