Kontrakt yana oşgani yöq: xavotirga örin yöq
Kontrakt yana oşgani yöq, xavotirlanmang
(kontrakt haqidagi xabarlar böyiça norasmiy tuşuntiriş)
2-semestrda kontrakt narxlari oşganligi haqidagi xabar köpçilikni yana öylantirib qöydi va xavotirga tuşib qolişdi.
Garçi keçagi xabarlarda hammasi yotiği bilan tuşuntirilgan, kontrakt oşişi bu ötgan yili oktabrdagi iş haqlari oşgani bilan boğliqligi taʼkidlangan, noyabrdan oşgan oylik mana endi kontraktga taʼsir qilayotgani aytilgan bölsa-da, baribir köpçilik “yana kontrakt oşdimi, yana oylik oşdimi” degan savollar bilan murojaat qilişdi.
Öşa savollarga batafsil (xalqqa yoqadigan rakursda) javob berişga harakat qilamiz.
Kontraktlar yana oşdimi?
Yöq, oşmadi. Çunki yaqin örtada oyliklar oşmadi. Kontrakt qaçon oşadi, qaçonki iş haqlari kötarilsa. Iş haqlari esa oxirgi marta ötgan yili oktabr oyida kötarildi. Demak, xavotirga örin yöq.
Yana qöşimça tölov qilamanmi?
Yöq, qilmaysiz. Juda köpçilik talabalar allaqaçon 2-semestr uçun kontraktini tölab böldi, çunki qoidaga köra, 1-martgaça tölaş kerak edi. Bugun oxirgi kun (muddat uzayganmi, yöqmi, bilmadim).
2-semestr uçun kontraktini tölagan talabalar 1-semestrdagiga qaraganda biroz köproq (10%) pul tölaşdi.
Masalan, iqtisod yoki soğliqni saqlaş yönalişida öqiydigan talabalar 1-semestr uçun 5 mln 68 ming 250 söm tölagan edi. Endi ular 2-semestr uçun avvalgidan 10% köproq, yaʼni 5 mln 575 ming 75 söm pul tölaşlari kerak (tölab ham bölişgandir).
Xullas, 2-semestr uçun OTM aytgan summani tölaganlar boşqa heç qanday qöşimça tölov qilmaydi, çunki ular kontraktni allaqaçon oşirilgan summada tölab bölişgan.
Yana ham har ehtimolga qarşi bakalavriat uçun 2-semestrda tölanadigan summani keltiraman, mabodo Siz şu summani tölagan bölsangiz, unda xavotirga örin yöq.
BAKALAVRIAT
(kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlim uçun)
1-toifa: 45 barobar – 4 mln 561 ming 425 söm
2-toifa: 46 barobar – 4 mln 662 ming 790 söm
3-toifa: 50 barobar – 5 mln 68 ming 250 söm
4-toifa: 55 barobar - 5 mln 575 ming 75 söm
5-toifa: 60 barobar - 6 mln 81 ming 900 söm
Kontrakt yana oşişi mumkinmi?
Bilmadim. Bu faqat va faqat iş haqlari bilan boğliq. Agar mabodo yurtimizda iş haqlari oşsa, demak, bilingki, kontraktlar ham mos ravişda oşadi (keyingi semestrdan). Agar iş haqlari oşmasa, kontraktlar ham öz joyida turaveradi.
Böldi, bor gap şu.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


