Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Amaldorlar oyligi haqida norasmiy tuşuntiriş

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Amaldorlar oyligi bunçalik kam emas

(oylik iş haqlari böyiça norasmiy tuşuntiriş)

Keça Moliya vazirligining Gazeta.uz naşriga davlat amaldorlarining iş haqi okladi haqida bergan maʼlumoti keng muhokamalarga sabab böldi. Juda köpçilik bunaqa kam oylikka amaldorlar qanday kun keçiradi, oilasini qanday boqadi, degan savol va şubhalarni bildirdi (izohlar mana bu yerda).

Ha, töğri, amaldorlarning oyligi kam, lekin keça eʼlon qilinganiday, jaa 2 mln söm atrofida emas.

Agar eʼtibor bergan bölsangiz, alohida taʼkidlangan ediki, keçagi raqamlar bu faqat lavozim okladi xolos. Yaʼni bu aynan şunça oylik oladi degani emas. Bu raqamlarga qöşimça ravişda byudjetdan va byudjetdan taşqari mablağlardan ustamalar beriladi.

Byudjetdan ustama nimaligini yaxşi tuşunsangiz kerak, yaʼni davlat öz byudjetidan (bunda sizu biz tölagan soliqlar ham bor) amaldorlarga 115% gaça qöşimça haq berişi mumkin.

Byudjetdan taşqari mablağlar nima degani? Bu davlat bojlari, yiğimlari va soliq bölmagan tölovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobiga şakllanadigan mablağlardir.

Masalan, notarial harakatlarni amalga oşirganda tölaydigan davlat bojlari, yöl qoidasini buzgani uçun tölaydigan jarimalar, davlat xizmatlaridan foydalanganlik uçun tölanadigan xizmat haqlari va h.k. tölovlar hisobidan davlat amaldorlarining iş haqiga qöşimça ustamalar beriladi.

Telegramdagi guruhlardan birida hokimiyat vakili keçagi maʼlumot böyiça quyidagi izohni yozib qoldirdi:

«Hozir viloyat hokimlari 10 mln, tuman hokimlari 8 mln, hokim örinbosarlari 7 mln söm maoş olayapti. Yuqoridagi raqamlar faqat razryadi va okladi. Bu yerda Prezident fondi körsatilmagan».

Xullas, davlat amaldorlarining oyligi bunçalik kam emas ekan. Lekin 10 mln söm ham viloyat hokimi uçun kam. Agar masalan viloyat hokimining birorta boşqa daromad manbai bölmasa (boşqa daromad manbai bölişi qay darajada qonuniy?), unda farzandiga, aytaylik, Gentra maşinasini olib beriş uçun 1 yil yemay-içmay pul yiğişi kerak. Kattaroq hovli qurişi uçun bilmadim qança yil kerak böladi.

Va yana bir gap. Özi nimaga bunaqa tuşuntirişlarni OAV yoki blogerlar berişi kerak?

Marhamat, Vazirlar Mahkamasi yoki Moliya vazirligi batafsil, rasmiy tuşuntiriş bersin. Aslida kim qança maoş oladiyu (yaʼni aniq qöliga qança tegadi), ularning qançasi budjet, qançasi byudjetdan taşqari manbalardan şakllanadi, byudjetdan taşqari manbalarga nimalar kiradi, hammasini xalqqa tuşuntirişsin. Davlat siri emasku bu. Şu xalqning puli haqida gap ketyaptiku.

Ana şunda balki xalq orasidagi turli savol va tuşunmovçiliklarning oldini olgan bölişarmidi, kim bilsin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek