Oliy taʼlimda kontrakt narxlari qançaga oşdi

Matn11-sentabr, 2019, 17:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Kontraktlar ötgan semestrga qaraganda qançaga oşdi?

Tepada ilova qilgan jadvalimni köpçilik biroz notöğri tuşunibdi. Aniqroği masalani men yaxşi tuşuntira olmabman.

Köpçilik «Bizda kontrakt boşqaça narx edi» deb yozişibdi. Buni bilaman. Ammo jadvalda ustiga çizilgan raqamlar 1-sentabrgaça amalda bölgan kontrakt narxlari emasdi. Aksinça, 1-sentabrdan oşişi kutilayotgan kontrakt narxlari edi.

Sababi ötgan yildan boşlab, kontrakt narxlari iş haqiga boğlab qöyildi va har safar oyliklar oşganda kontraktlar ham qimmatlaşadigan böldi. 1-avgustdan boşlab iş haqlari 10%ga oşdi, demak 1-sentabrdan kontraktlar ham 10%ga oşişi aniq edi.

Yaʼni Hukumat yangi qaror qabul qilib, kontraktlarni örtaça 18%ga oşirmaganida edi, kontraktlar narxi jadvalda ustiga çizilgan raqamlar körinişida bölardi.

Masalan, agar kontraktlar yanada köproq oşmaganda edi, unda Yuridik institutning kontraktlari narxi 1-sentabrdan 13 mln 380 ming söm bölardi. Hozir esa 13 mln 967 ming söm etib belgilandi va 587 ming sömga kutilganidan köproq qimmatladi. Aslida esa ötgan semestrdagi kontraktdan 1 mln 800 ming sömga oşdi.

Yanada tuşunarli bölişi uçun jadvalga qöşimça 2 ta ustun qöşdim. Ötgan semestrdagi kontrakt narxlari va joriy semestrda qançaga oşganini körişingiz mumkin.

Yangi semestrda kontraktlar 1 mln 670 ming sömdan 2 mln 182 ming sömgaça oşgan. Bu esa yönalişiga qarab 15% dan 23%gaça bölgan miqdorda oşganini bildiradi.

Albatta, hozirgi şaroitda kontraktlar qimmatligi, xalq qiynalayotgani haqida ehtirosli postlar yoziş mumkin, bundan osoni yöq. Bunday postlar köpçilikka moyday yoqadigan, dardiga oz bölsa-da malham böladigan payt hozir.

Lekin gap davlat byudjeti, moliyaviy manbalar bilan boğliq bölgani uçun masalaga yanada jiddiyroq yondoşişni talab etmoqda, faqat internetda yoziş bilan iş bitmaydi. Ötgan yilgi Diplomatiya voqeasini eslang, kontraktlarni bir deganda 20 mlndan qimmatlaştirib qöydi, talabalar norozilik aksiyalari ham qilişdi, yakunda baribir foyda bölmagandi.

Şu sababli işni puxtaroq qiliş, tahlillar va asosli takliflarni tayyorlaş, mutasaddilar bilan boğlaniş birmunça vaqtni talab etadi. Yöqsa hamma aytilgan fikrlar devorga aytilgan gapdek, ziğirça foydasi bölmasligi mumkin. Kontraktlarni tölaş muammosi qay darajada minglab oilalarni öylantirayotganini ötkazilayotgan aksiya misolida körib, his qilib turibman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek