Ustyurtda kunlik 1 mln kub metr gaz beradigan quduq oçildi

Matn12-fevral, 2021, 10:401 daqiqa0 koʻrish

​Ustyurtda kunlik 1,0 mln kub metr hajmdagi tabiiy gaz oqimi olinadigan quduq oçildi

Mahalliy OAVlarda berilgan xabarga köra, yangi oçilgan “Ğarbiy Quyi Surgil” koni maydonidagi 1-sonli quduq 4111 metr çuqurlikkaça burğilangan va tabiiy gaz oqimi aniqlangan.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati yangi quduqdan kunlik 1,0 mln kub metr hajmdagi tabiiy gaz oqimi olinayotganini maʼlum qildi. Uşbu konning dastlabki uglevodorod zaxiralari 7,5 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 265 ming tonna gaz kondensati miqdorida baholanayotgan ekan.

Xabarda aytilişiça, aksariyat quduqlardan kunlik 100-250 ming metr kub tabiiy gaz oqimi olinmoqda.

Bu raqamlar Ustyurtda katta gaz zaxirasi borligini körsatmoqda, sababi bundan sal avvalroq kunlik 900 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan boşqa bir quduq oçilgan edi.

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Ustyurdagi yangi oçilgan gaz kondensat koni holatini örgangan.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek