Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

UniRank agentligining OTMlar reytingiga munosabat

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Xalqaro reytinglar haqida

Yodingizda bölsa, bir neça kuni avval UniRank agentligi tomonidan Özbekiston OTMlari reytingi eʼlon qilingani haqida xabarlar çiqqandi.

Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi mazkur xabarlarga raddiyasifat munosabat bildiribdi. Undan ayrim qismlarini havola qilamiz:

«Yaqinda turli internet saytlari orqali UniRank agentligi tomonidan Özbekistonning eng yaxşi oliy taʼlim muassasalari eʼlon qilindi, deb xabar tarqatildi. Lekin uşbu reyting agentligining metodologiyasi qanday?, u qaysi körsatkiçlar asosida baholagan?, mezonlar reyting mazmunini körsata oladimi? degan savollar oçiq qolmoqda.

Faqatgina OTMning veb sayti va unga neça nafar odam kirganligi bilan aniqlangan reyting natijalari bu taʼlimning sifatini töğri baholay olmaydi, şubhasiz. Yana bir jihat, reyting natijalarini eʼlon qilgan har qanday agentlik yoki taşkilot ham jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan bölavermaydi.

Şunday ekan, reyting natijalarini eʼlon qilayotgan vaqtda reytingni amalga oşirgan va baho bergan xalqaro agentliklarning bu sohaga qançalik çuqur yondaşgani va qaysi mezonlar asosida aniqlaganiga ham eʼtibor qaratiş ayni muddao.

Maʼlumot uçun, UniRank agentligining maqsadi jahon universitetlari va kollejlarining jahon miqyosida onlayn taniqliligi va aloqalarning onlayn mavjudligiga asoslangan. Uşbu taşkilot reytingida oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifati, akademik xizmatlari, öquv va ilmiy faoliyatlari asosiy mezon sifatida qabul qilinmagan.

Oliy taʼlim muassasasi faoliyatini har tomonlama şaffof körsatib beradigan, u yerda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga töğri baho beradigan mezonlargina haqiqiy reytingni belgilaşi mumkin».

Inspeksiyaning fikriga qöşilaman. UniRank agentligi haqiqatdan Özbekiston OTMlarining reytingini çiqargan, bu yolğon emas. Ammo uni jiddiy qabul qiliş şart emas.
Birinçidan, bu reyting faqat OTMlarning sayti va unga qança odam kirganligi bilan ölçangan ekan.
Ikkinçidan, UniRank agentligi xalqaro maydonda katta nufuzga ega emas va tan olingan xalqaro reyting hisoblanmaydi.

Masalan, jahonda eng maşhur xalqaro reytinglar, bular - THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) reytinglaridir.

Afsuski mana şu uçta xalqaro reytinglarning kuçli 1000 taligiga ham Özbekistondan birorta OTM kiritilmagan. Yaqin 1-2 yilda kirişidan umid qiliş ham biroz qiyin. 4-5 yillarda qaysidir OTM kirib qolsa kerak.

Ötgan safar xalqaro reytinglarning TOP-1000 taligiga birinçi bölib ÖzMU, TDTU yoki TATUdan birortasi kirsa kerak, degan şaxsiy taxminimni aytgan edim. Köramiz, qolganini vaqt körsatadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek