YPX xodimlarini videoga olişni taqiqlaş taklif etilmoqda

Matn24-mart, 2022, 14:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga

Içki işlar tizimini oçiq va şaffof, xalqqa yaqin tizimga aylantiriş böyiça köp gapiriladi. Tan oliş kerak, ança işlar qilindi ham. Buni aytmaslik insofdan emas, albatta.

Ammo öşa eski davrni qumsab, yana yopiqlikni xohlab qolganlar tomonidan barça qilinayotgan islohotlarni orqaga qaytaradigan bir qaror loyihasi işlab çiqilibdi.

Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida fuqarolarga YPX xodimining öz xizmat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz Internet jahon axborot tarmoğida joylaştirmaslik majburiyati yuklanmoqda.

Muhokama 29-martgaça davom etadi:
https://regulation.gov.uz/uz/d/58114

Davlat byudjetidan, yaʼni xalqning soliqlaridan oylik oladigan davlat xizmatçilari öz vazifasini bajaryotgan paytda soliq tölovçilarga video va fotoga olişni yoki uni tarqatişni taqiqlaş Konstitutsiyaga ham zid. 29-moddaga köra, har kim axborot oliş va uni tarqatiş huquqiga ega. Konstitutsiyaviy tuzumga qarşi qaratilgan, davlat siri va boşqa sirlarga taalluqli bölgan taqdirdagina bu huquq qonun bilan çeklanişi mumkin.

Bu yerda çeklov faqat qonun bilan bölişi kerak, Vazirlar Mahkamasining bunga vakolati ham, huquqi ham yöq. Nahotki loyiha mualliflarining şunga aqli yetmagan?

YPX inspektorining va özi umuman boşqa istalgan davlat xizmatçisining işdan taşqaridagi şaxsiy hayoti qonun bilan himoya qilinadi, bunda albatta rozilik şart. Ammo öz vazifasini bajarayotganda çeklaşga uriniş — bu orqaga qaytiş degani.

Bu xuddi bolaligimizdagi bir voqeani eslatadi. Mabodo koptokning egasi futbolda yutqazib qöyaversa, alami kelganidan koptogini uyga olib ketib qolardi. Undan köra, yaxşiroq öynaşni örgan, şunda yutqazmaysan, deyiş befoyda edi. Içki işlar vazirligi ham öziça videolardan arazlab, qaror yöli bilan buni taqiqlaşga urinmoqda.

Bunaqasi ilgari ham bölgan. Haydovçilarga orqa yon oynaga parda taqişni noqonuniy taqiqlagan vazirlik hamda öşa paytdagi YHXBB sudlarda ketma-ket yutqazgandan söng, nohaqligini tan oliş örniga, sekingina imi-jimida özlarining foydasi uçun qonunga özgartiriş kiritib olmoqçi bölişgandi. Bu haqda mana bu yerda yozganman. Lekin xayriyat öşanda ularning bu nomardlarça "yurişi" öxşamay qolgandi.

Yetar endi. Qaçondir tugaşi kerakku bunaqa işlar. Hadeb orqaga qaytaveramizmi?

Nahotki içki işlar tizimini xalqning haqiqiy madadkori va döstiga aylantirişning boşqa birorta yöli yöq bölsa?

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2056
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek