Ijtimoiy tarmoqlar bloklanişining asl sabablari

Matn4-noyabr, 2021, 14:513 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak

Keçagi voqealarni endi sal ehtiroslardan xoli, sovuq miya bilan tahlil qilsak. Töğri, keça oxiri yaxşilik bilan tugadi. Ijtimoiy tarmoqlar bloklangaç, birdan masalaga Prezident aralaşdi, "Özkomnazorat" rahbari işdan olindi, bloklar olib taşlandi. Bir qaraganda hammasi zör, barçasi ajoyib, şunday emasmi?

Ammo biz oqibatlar bilan kuraşyapmiz xolos. Yaʼni ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi — aslida avvalroq qabul qilingan xato qarorning oqibati. Xöş, unda buning sababi qayerda?

Qonunni qabul qilgan boşqalar, jabrini tortgan ijroçilar

Aslida bu maşmaşalarning barçasiga «Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida»gi qonun sababçi. Yanada aniqroq aytsak, 2019-yilda qabul qilingan bu qonunning özi yomon emas. Unda şaxsiy maʼlumotlarga oid köp foydali qoidalar belgilangan.

Ammo 2021-yilda, yaʼni joriy yilning yanvar oyida uşbu qonunga bitta kiçkina modda qöşildi. Yangi qöşilgan 27-1-moddada Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlari bilan işlaydigan tizimlar serverlarini Özbekistonga örnatişi talab qilinadigan böldi. Kim serverini Özbekistonga örnatişga rozi bölmasa, unda bloklanadigan böldi.

Köryapsizmi, keçagi maşmaşalarning barçasi aslida qaysidir Ğolibşer ismli ijroçining özboşimçaligidan emas, balki 150 nafar deputatlar qabul qilib, 100 nafar senatorlar maʼqullab, keyin imzolangan qonun sababli bölmoqda.

Xöp, "Özkomnazorat" rahbarini keça "yuqoridagilar" bilan kelişmagani uçun işdan böşatişdi. Ammo bu oğriq qoldiruvçi dori xolos, kasallikning özini tuzatmaydi. Ertaga "Özkomnazorat"ga Valişer, Ğanişer, Alişer rahbar bölib kelsa ham, baribir qonun öz kuçida turibdi-ku! Telegram serverini Özbekistonga olib kelmasa, uni bloklaş kerak, tamom.

«Özkomnazorat» bu yerda qonunni ijro qildi va aholining şunça eʼtiroziga sabab böldi. Demak, öşa qonunning özi adolatsiz va bir yoqlama öylab qabul qilingan bölmaydimi? Körpaga qarab oyoq uzatiş kerak edi, şekilli.

Mantiqan olganda deputatlar va senatorlar serverini Özbekistonga olib kelmagan tarmoqlarni bloklaş tarafdori bölişgan va buni qonunda aks ettirişgan. Hatto keyinçalik deputatlar qonun ijrosini tezroq bajariş, yaʼni serverini Özbekistonga örnatmaganlarni tezroq bloklaşni talab qilişgandi.

Ikki xil standartlar haqida

Yana bir qiziq joyi, joriy yilning iyun oyida Twitter, TikTok, Skype, Wechat kabi tarmoqlarni xuddi şu qonunga asoslanib, xuddi öşa «Özkomnazorat» bloklagan edi. Mana, bir neça oydan buyon uşbu tarmoqlar haliyam blokda turibdi. Ammo keçagidek rezonans bölmagandi.

Telegram, Facebook, YouTube, Instagram bloklangandan keyin dahşatli vahima kötarildi va tezda ularning bloklari yeçildi. Lekin keçagi qiy-çuvlarda ham Tvitter va TikTokdan blok olib taşlanmadi.

Xöp, agar internetni va ayrim tarmoqlarni bloklaş Yangi Özbekiston siyosatiga töğri kelmas ekan, unda nega barçasidan blok olinmadi? Yoki agar qonun talabini bajarmagan kompaniyalarni bloklaş aslida töğri bölsa, unda nega keçagi bloklanganlardan taqiq olib taşlandi? Qanaqadir yagona bitta prinsip bölişi kerak emasmi? Va bu prinsip odamlarga muammolar tuğdirmasligi kerak-ku.

Xulosa

Qissadan hissa şuki, keça bizning qurtlagan tişimiz qattiq bezovta qilgani uçun vaqtinça oğriq qoldiradigan dori içdik. Ammo qurtlagan tiş haliyam turibdi. U hali yana oğrişi mumkin. Bunga heç kim kafolat bera olmaydi.

❓Keça ijtimoiy tarmoqlar nega bloklandi?

✅Qonun ijrosi uçun

❓Keça ijtimoiy tarmoqlardan nega blok olib taşlandi?

✅Inson qadri uçun

Demak, barça qonunlar ham inson qadri uçun xizmat qilavermaydi. Özbekistonda inson qadriga zid bölgan qonunlar bor va ularni tezda qayta körib çiqiş kerak. Har holda Yangi Özbekistonning haqiqatan yangiligi şunda körinadi. Bularning barçasi IMHO, albatta.

Biz oldin aniq bir qarorga kelib olaylik: faqat oqibatlarga qarşi kuraşib yuraveramizmi yoki sabablarni ham öylab köramizmi?

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek