Ijtimoiy tarmoqlar bloklanadimi
Ijtimoiy tarmoqlar bloklanadimi?
«Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida»gi qonunga kiritilgan va şu yil 15-apreldan kuçga kiradigan qoidaga köra mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir maʼlumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini taʼminlaşi şart, qilib belgilab qöyildi..
Bu nimani anglatadi?
Facebook, Instagram, Tik-tok, Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, şuningdek boşqa internet servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlari joylaşgan maʼlumotlar bazalarini (serverlari) jismonan Özbekistonga olib kelib saqlaşi şart degani.
Bunga reaksiya qanday bölyapti?
Facebook kompaniyasi bundan xavotirga tuşganini yaşirib ötirmadi. BBC Uzbek xabariga köra, Mark Sukerberg asos solgan kompaniya endi Rossiya, Xitoy va Özbekiston kabi davlatlar bu yöl bilan söz erkinligini jilovlaşga urinayotganidan xavotir bildirgan.
Masʼullar qanday fikrda?
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi matbuot kotibi AQŞ, Yevropa, Avstraliya, Hindiston, Qozoğiston, Indoneziya, Turkiya kabi davlatlar tajribasini örganib, keyin bu tartib joriy etilayotganini maʼlum qilgan.
Xavotirga örin bormi?
Hozirça bir narsa deyiş qiyin.
Oldinda Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, Gmail, mail.ru poçta xizmatlari va Google hamda Yandeks kabi gigantlar bor. Ular bunga qanday qaraşarkin? Ayrimlarini hisobga olmaganda, uşbu gigantlar uçun Özbekiston bozori unçalik qiziq emas, agar server örnatiş xarajatlari va xavfsizlik tomonlari ularga töğri kelmasa, şunçaki Özbekistonni öz tizimidan öçirib qöyişi mumkin. Bundan köproq özbekistonliklar va bizning tadbirkorlar yutqazadi xolos. Çunki Özbekistondagi juda köp bizneslar aynan Google, Facebook, Instagram, Yandeks ustiga qurilgan.
Voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.
👉 @xushnudbek 👈



