Blogerlar faoliyatini tartibga soliş takliflari haqida
«Norasmiy blogerlar»
Töğrisini aytsam, oxirgi paytlarda «norasmiy bloger», «röyxatdan ötmagan bloger», «duç kelgan odam özini bloger deb eʼlon qilyapti» degan jumlalarni tez-tez uçratyapmiz. Bunday gaplar baʼzan izoh qoldiruvçi oddiy foydalanuvçilar tomonidan, baʼzan esa davlat taşkilotlari vakillari, amaldorlar tomonidan yangramoqda.
Ammo ular bir narsani tuşunmayaptiki, blogerning norasmiysi bölmaydi, blogerning noqonuniysi bölmaydi, bloger qayerdadir röyxatdan ötişi şart emas.
Şu kabi fikr bildirayotganlar «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 3-moddasini yaxşilab öqib körişlarini iltimos qilardim. Qonun böyiça, ijtimoiy tarmoqda öz fikrini bildirib boradigan BARÇA şaxslar — bloger.
Aytaylik, agar Feysbukda 2 mln özbekistonlik sahifa oçib, fikrlarini yozib borsa, demak, bilingki, öşa 2 mln fuqarolarning barçasi bloger hisoblanadi. Agar Telegramda 10 ming kişining kanali bölsa, demak bilingki öşalarning barçasi bloger. Bu yerda blog oçgan şaxslarning iş joyi, lavozimi, yoşi, maʼlumoti yoxud neça nafar obunaçisi borligi muhim emas.
Vazirning Feysbukda özi yuritadigan sahifasi bormi, vazir ham bloger. Deputatning Telegramda kanali bor, öşa deputat ham bloger. Sizning ham istalgan ijtimoiy tarmoqda istalgan mavzuda öz fikrlaringizni yozib boradigan sahifangiz bormi, demak Siz ham blogersiz. Buni men töqib çiqarmaganman, qonunda şunaqa yozilgan.
Gap-sözlar öz yöliga, ammo blogerlar böyiça qandaydir çoralar köriş yölida rasmiy harakatlar ham boşlanganga öxşaydi.
Yaqinda muhokama uçun eʼlon qilingan 2020-yilgi Davlat dasturi loyihasining 286-bandi köpçiligimizning nazarimizdan çetda qolib ketibdi.
Jumladan, uşbu bandda elektron jurnalistika, blog yuritiş va elektron axborot vositalari orqali fikr bildiriş faoliyatining huquqiy mexanizmini belgilaş taklif etilmoqda. Şuningdek, fikr bildiruvçilarning huquq va majburiyatlarini belgilaş nazarda tutilmoqda.
Töğrisi yuqoridagi banddagi takliflar şu darajada çalkaş va aralaşki, loyihani tayyorlaganlar aynan nimani nazarda tutayotganini biliş qiyin. Har holda bilvosita tsenzuraning hidi ham kelmoqda.
Ayniqsa, uşbu bandga qoldirilgan izohlarni körib, maqsad köproq blogerlarni böğişmikin degan xayolga borib qoladi odam. Masalan, Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bölimi quyidagiça taklif qoldirgan:
«Röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotgan Blogerlarning faoliyatini qatʼiy tartibga soliş, ularning etika, estetika madaniyatini oşiriş. Viloyatlarda ular uçun maxsus öquvlar taşkil etiş»
«Yuksaliş» harakatining Xorazm viloyati bölinmasi esa mana bunday taklif bildirgan:
«Noprofessional, röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotgan bloger (şaxs)lar tomonidan ijtiomiy tarmoqlarda maʼnaviyatsizlik, axloqsizlikni tarğib etişga qaratilgan maʼlumotlar (foto, video va boşqa)ni tarqatganlik uçun javobgarlikni yanada kuçaytiriş lozim. Amaliyotda özini bloger sifatida ijtimoiy tarmoqlarda taniştirib, fuqarolar bilan turli sabablar bilan janjallaşib, yuzi qonga belangan holda ijtimoiy tarmoqlarga videolar joylaş holatlari va boşqa holatlar köp».
Bir narsani tuşuninglar, agar kimda-kim internet orqali kimnidir haqorat qilsa, kimgadir tuhmat qilsa, kim bilandir janjal qilsa, ursa yoki kaltak yesa, bunday holatlar şundoq ham qonunlarimizda tartibga solingan, qonunbuzarlar uçun tegişli jazo bor. Aynan blogerlar uçun yangi narsa öylab topiş şart emas.
Har tugul 3 ta taklif bildiruvçi orasida bittasi masalaga ançayin mantiqiy yondoşibdi. Jumladan, u şunday yozadi:
«1.fikr bildiruvçilarning majburiyatlarini bildiriş xalqaro meyorlarga va konstitutsiyaga zid keladi. şundoq ham maʼmuriy javobgarlik kodeksi va jinoyat kodeksida söz erkinligini taʼminlaşga teskari bölgan yetarliça moddalar mavjud.
2.Freedom of the Press xalqaro söz erkinligi indeksida yanada pastga şönğişga sabab böladi.»
Haaa, nimasini aytasiz, bizni oldinda ançayin qiziq jarayonlar kutib turibdi şekilli.
Har holda yuqoridagilar şunçaki taklif va loyiha xolos. Imzolanişdan oldin hali yana sinçiklab körib çiqilsa kerak. Balki xavotirlarimiz asossizdir. Işqilib şunday bölsin-da...
👉 @xushnudbek 👈



