Internetdagi saytlardan foydalanişni çeklaş tartibi

Matn6-sentabr, 2018, 12:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Internet çeklanibdi. Bu nima degani?

Hozirgina Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida “Internetdagi saytlardan foydalanişni çeklaş tartibi belgilandi” degan xabar çiqdi.

Xabar çiqqaç, ayrimlarda tuşunmovçilik paydo böldi. Ayniqsa xabardagi blogerlar haqidagi qismi tuşunmovçiliklarga sabab bölmoqda. Boz ustiga şu kunlarda blogerlar bilan boğliq şov-şuvli voqealar bölayotgan bir paytda vahima kötarilişi ham tabiiy.

Lekin aslida Hukumatning uşbu qarorida juda katta yangilik yöq. Şunçaki amalda mavjud tizimni rasmiylaştirib qöyişibdi xolos.

Gapning indallosini aytganda, qarorga binoan maʼnaviyatimiz, mafkuramiz va albatta siyosatimizga töğri kelmaydigan saytlarning «çyorniy spisok»i tuziladi. Va bunday saytlar maxsus reyestrga kiritiladi (reyestr hamma uçun oçiq böladimi yoki yöq, bilmadim). Rasmiy OAVmi u, yoki oddiy blogermi, farqi yöq, öşa “qora röyxat”dagi saytlardan maʼlumot oliş, ularni manba sifatida körsatiş mumkin bölmaydi.

Buni nimasi hayron qolarli yangilik? Şundoq ham Özbekistondan oçilmaydigan saytlar mavjud, demakki, “qora röyxat” bor. Masalan, uzoq vaqt BBC, Ozodlik, Uzmetronom, FerghanaRu, Ca-news, Human Rights Watch va yana köplab saytlar oçilmasdi. Sönggi 2 yil içida ularning ayrimlari yana oçilişni boşladi, ayrimlari esa haligaça oçilmaydi.

Eng qiziği Milliy axborot agentligi – ÖzA özining ayrim maqolalarida Özbekistondan oçilmaydigan saytlardan iqtibos ham keltirgan paytlari böldi.

Ogohlantirişga keladigan bölsak, UzAPI, yaʼni Özbekiston matbuot va axborot agentligi OAVlarni monitoring qilib boriş asnosida, «yomon axborotlar» berib boradigan saytlarni manba sifatida körsatgani uçun elektron naşrlarni ogohlantirardi yoki ana şunday saytlardan maʼlumot olib tarqatgani uçun OAV sifatida guvohnoma berişni rad qilardi.

Masalan, bir paytlar Kun.uz saytining asosçisi Muhrim Aʼzamxöjayev (@muhrim) OAV guvohnomasini oliş uçun ariza berganda «LentaRu, BBC, LifeNewsRu, Uzmetronom saytlaridan xabar olib joylagan ekansiz» deya rasmiy xat bilan rad javobi bergani haqida yozgandi.

Aytmoqçimanki, Adliya xabarini bergan Hukumat qarorida OAV yoki blogerlar uçun juda bir qörqinçli yangilik yoki tartib örnatilgani yöq. Amaldagi tartibni rasmiy qilişibdi xolos.

Xabarning eng çalğitadigan qismi, bu “Eslatib ötamiz” deya blogerlar haqidagi qonundan parça olib joylaşgani bölgan.

Blogerlar nimalarni yozişi mumkin emasligi haqidagi qoidalar 2014-yildayoq kiritilgandi. Bu haqida öşa paytlarda 2 ta katta maqola yozgandim saytimda.

1. Özbekistonda blogerlar haqidagi qonun kuçga kirdi (şarh)
2. Blogerlar haqidagi qonun nima uçun kerak?

Adliya vazirligi öşa 2014-yildagi qoidani eslatib ötgan xolos.

Baribiram, uşbu Hukumat qarori "15 sutka"larning fonida qabul qilingani köpçilikni vahimaga solgani rost. Maylida, yaşasak köraveramiz. Hamma tinç bölsin, işqilib.

Bularning barçasi IMHO albatta.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek