Paxta terimi uçun tölanadigan haq miqdori belgilandi

Matn5-sentabr, 2018, 15:371 daqiqa0 koʻrish

1 kg paxta tergani uçun qança haq tölanadi?

Paxta xom aşyosi maşinada terilganda, bir tonna uçun 400 ming söm, qölda terilgan bir kilogramm paxta uçun 650 sömdan 1000 sömgaça haq tölanişi belgilandi.

Bunda, terimçilar birinçi bosqiçda kontraktatsiya şartnomasi 60 foizgaça bajarilgunga qadar 1 kg paxta xom aşyosini terganida 650 söm, ikkinçi bosqiçda – 60 foizdan 80 foizgaça 850 söm, uçinçi bosqiçda – 80 foizdan ortganda 1000 sömdan iş haqi tölaş belgilandi.

Şuningdek, , aholi kam bölgan hududlar uçun alohida tartib belgilanib, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlarining barça tumanlarida, şuningdek Qaşqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nişon va Kasbi, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida qölda terilgan bir kilogramm paxta uçun qöşimça 150 söm, oziq-ovqat xarajatlariga 150 söm, jami 300 söm ustama haqi tölanişi aytildi. Masalan, paxta terim mavsumining birinçi bosqiçidanoq terimçilar yuqorida qayd etilgan hududlarda 1 kg paxta uçun 950 sömdan haq olişi nazarda tutilgan.

Uşbu mablağlar Moliya vazirligi huzuridagi qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan taʼminlanadi. Şu maqsadda jamğarmadan 246 mlrd. 404 mln. söm ajratilişi rejalaştirilmoqda.

Manba: Kun.uz

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek