Paxta terimida iş haqi va otryad rahbarlariga tölovlar

Matn24-sentabr, 2018, 11:302 daqiqa0 koʻrish

Paxta yiğim-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlariga otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta xom aşyosi uçun 1 million söm va 80 tonnadan oşgan har bir tonna paxta uçun 50 ming sömdan iş haqi tölanadi. Terim otryadida 80-100 kişi borligini va har bir terimçi örtaça 70 kilodan teradi deb hisobga olsak, taxminan 2 haftada otryad bemalol 80 tonnani terib qöyadi.

Mabodo terim otryadi mavsum davomida 80 tonnadan kam paxta tergan taqdirda, otryad rahbarlariga iş haqi amalda tergan paxta xom aşyosi miqdoriga mutanosib ravişda tölab beriladi.

Eslatib ötaman, 1 kg paxta terganligi uçun terimçilarga birinçi terimda 650 söm, 2-terimda 850 söm, 3-terimda 1000 söm iş haqi tölanadi.

Aholi kam bölgan hududlar uçun terim puli yanada köproq belgilangan. Bunda 1-terim uçun 950 söm, 2-terim uçun 1150 söm, 3-terim uçun 1300 söm haq tölanadi.

Bu narx quyidagi hududlar uçun amal qiladi:
Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlarining barça tumanlari;
Qaşqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nişon va Kasbi tumanlari;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlari.

Işsiz yoki asosiy işidan böş vaqtda terimda iştirok etgan aholi paxta terimi orqali bir oyda taxminan 2-3 mln söm daromad qiliş mumkin. Bekorçilikdan köra, bemalol öylab körişga arziydigan halol mehnat bu. Kuniga 25 soat, haftasiga 8 kun işlayotgan köplab davlat xizmatçilari ham bunça oylik olişmaydi, masalan.

Yoki mahallalardagi uddaburon kişilar terim otryadi taşkil etib, qişloğidagi, mahallasidagi 80-100 nafar aholini töplab, bitta otryad şaklida dalalarda paxta terişni yölga qöysa, yuqorida aytilganidek, yana qöşimça oylik ham olişlari mumkin.

Lekin bularning barçasi IXTIYORIY bölişi kerak.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek