Paxta terimi böyiça eng köp beriladigan savollarga javoblar

Matn21-sentabr, 2020, 09:423 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❗️PAXTA TERIMI BÖYIÇA ENG KÖP BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR:

Özbekistonda paxta yiğim-terim mavsumi boşlandi. Şu sababli har yili bölganidek, joriy yilda ham aholi orasida uşbu mavzu aktual bölişi tabiiy. Şunga köra, muştariylar tomonidan eng köp berilgan savollarni töplab çiqişga harakat qildim. Kimgadir foydasi tegadi, degan umiddaman.

❓Paxtaga çiqiş majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

❓Paxtaga örniga odam beriş majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

❓Paxtaga pul beriş (yoki oyligidan uşlab qoliş) majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

❓Paxtaga çiqmaslik faqat öqituvçi va şifokorlargami, boşqa taşkilotlar çiqişadimi?
Yöq, barçaga majburiy emas. Qayerda, qaysi taşkilotda, qaysi lavozimda işlaşidan yoki işsizligidan qatʼi nazar.

❓Tadbirkorlar paxtaga pul berişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Buni talab qilişga heç kimning, na hokimiyat, na soliqçi va na boşqasining haqqi yöq. Özi istaganlar paxta terimining taşkiliy işlari uçun xayriya qilişi mumkin. Lekin bu yerda eng muhim joyi - xayriya ixtiyoriy bölişi kerak, majburiy emas, ixtiyoriy-majburiy ham emas!

❓Bankdagilar örniga odam berişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Buni talab qilişga heç kimning haqqi yöq.

❓Mahalladagi işsizlar paxtaga çiqişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Lekin uyida ğirt bekorçi bölib, tayinli iş qilmasdan yotgandan köra, öz ixtiyori bilan çiqib, qöşimça daromad oliş maqsadida paxta terimiga çiqiş tavsiya etiladi. Mehnatdan birov ölmagan, qaytanga 2-3 mln atrofida daromad olişi, rözğoriga foyda keltirişi mumkin. Albatta bu ham faqat ixtiyoriy bölişi kerak.

❓Paxta terimiga çiqmoqçi bölganlarga qayerga murojaat qilişi kerak?
Öz ixtiyori bilan paxtaga çiqmoqçi bölganlar terim.uz sayti orqali röyxatdan ötişlari mumkin. Şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bölimlariga yoxud 712000602 telefon raqamiga ham murojaat qilişlari mumkin.

❓Paxtaga çiqmagan xodimlarni işdan böşatiş mumkinmi?
Mumkin emas. Bunday holatda xodimlar qayta işga tiklanadi.

❓Mahalla raisi paxtaga çiqmagan ayollarning nafaqasidan pul uşlab qolişi mumkinmi?
Yöq, mumkin emas. Ayrim hollarda mahalla raisi paxtaga çiqmasang, butunlay nafaqangni qirqib taşlayman, yoki nafaqa uçun ariza berganlarga paxtaga çiqmasang, nafaqa tayinlamayman, deb ham qörqitadi, mana şu talablar ham qonunga xilof.

❓Şifokorlar paxtaga çiqişi aytilyaptiku!?
Ha, ötgan yildagi kabi şifokor va hamşiralar paxta terimiga jalb etilişi mumkin, lekin ular paxta teriş uçun emas, balki öz xizmat vazifasidan kelib çiqib, terimçilar otryadiga tibbiy xizmat körsatiş uçun xizmat safari tarzida biriktiriladi. Ular terimçilarning soğliğini doimiy nazorat qilib turişadi, zarur bölganda birinçi tez tibbiy yordam körsatişadi. Bu majburiy mehnat hisoblanmaydi.

❓1 kg paxta tergani uçun qança haq beriladi?
Umumiy holatda qöl bilan terilgan 1 kg paxta uçun birinçi terimda 1000 söm beriladi. Aholi kam bölgan ayrim hududlarda esa 1-terim kamida 1200 söm qilib belgilangan. Ikkinçi terimda esa 1400 söm tölanadi, ayrim tumanlarda 1600 sömdan boşlab beriladi.

Batafsil maʼlumotni quyidagi manzildan olişingiz mumkin:
https://t.me/uzauz/471

❓Agar majburiy mehnat holatiga duç kelinsa, qayerga murojaat qiliş mumkin?
Agar majburiy mehnatga jalb qilinsangiz quyidagi işonç telefonlariga murojaat qilişingiz mumkin:

Işonç telefoni: 1176 yoki 1092
Sayt: dmi.mehnat.uz

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek