Paxta terimida majburiy mehnat uçun mansabdorlar jazolandi
Fuqarolarni paxta terimiga majburiy jalb qilgan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Davlat mehnat inspeksiyasiga köra, joriy yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatga yöl qöyganligi uçun 5 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 1 ta holat yuzasidan tegişli hujjatlar sudlarga kiritilgan.
Şu bilan birga, paxta yiğim-terimida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilişiga oid jami 128 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan, call markaz orqali 54 ta, web sayt orqali 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 24 ta hamda 35 ta yozma murojaatlardir.
Örganişlar natijasida mehnat qonunçiligini buzganligi uçun 65 nafar mansabdorga jami 198 mln 450 ming söm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlangan.
Bundan taşqari, 21 ta holatda mehnat şartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat şaroitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining öz vaqtida tölamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

