Prezident granti ajratilişi tartibi böyiça tuşuntiriş

Matn29-oktabr, 2021, 19:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Prezident granti yuzasidan tuşuntiriş

Şu kunlarda Prezident granti haqida bir neçta talabalardan savollar qabul qildim. Yaʼni garçi biz baland ball olgan bölsak ham, lekin Prezident grantiga tavsiya etilmadik, degan mazmunda. Albatta bu kabi savollar bölişi tabiiy, sababi uşbu tizim joriy yilda ilk marta yölga qöyildi va hali köpçilikda, şu jumladan özimda ham bu böyiça yetarli maʼlumotlar va tasavvur yöq edi.

Aniqlik kiritiş maqsadida mutasaddilar bilan boğlandim, bugun DTM uşbu masala böyiça rasmiy izoh berdi.

Gap şundaki, Prezident granti joriy etiş haqidagi qarorda davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim şakliga kiriş imtihonlari natijalariga köra, taʼlim sohalari kesimida, eng yuqori ball töplagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga daʼvogar böladi deyilgan.

Şu qarorda yana bitta band bor: Prezident granti uçun ajratilgan kvotaning taʼlim sohalari böyiça taqsimoti har yili Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yaʼni 200 ta kvota taʼlim sohalariga bölib yuboriladi. Agar bunday qilinmasa, 200 ta kvotaning deyarli hammasi huquq, tibbiyot, iqtisod kabi sohalarga nasib qiladi va ayrim sohalarda bittayam Prezident granti oladigan talaba bölmaydi.

Şu sababli, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta taʼlim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan.

Lekin joriy yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni taşkil etgan. Nimaga? Çunki qoida böyiça sakkizinçi örinda turgan abituriyent bilan bir xil ball töplagan barça abituriyentlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abituriyent 189 ball töplagan. Ularning içidan faqat 8 tasini tanlab olişning iloji yöq. Şu sababli 26 nafarning barçasiga Prezident granti berilgan.

Taʼlim sohalari kesimida Prezident grantiga daʼvogarlar soni va ötiş ballari bilan quyidagi rasmda tanişişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek