Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

TDYUUga kirişda tarix örniga huquq fanidan test olinadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga kirişda tarix örniga huquqiy fanlardan test topşiriş amaliyoti joriy etiladi

Bugungi kunda Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga kirişda abituriyentlar 2 ta bölimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topşiradi.

Bunda, 1-bölimda barça yönalişlar uçun majburiy
3 ta fan – Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va Özbekiston tarixi;

2-bölimda 2 ta fan – Tarix va Çet tili fanlari jamlangan.

TDYUU Kengaşi 2023/2024 öquv yilidan boşlab mutaxassislik blokidagi Tarix fani örniga huquqiy fanlarni kiritiş töğrisida qaror qabul qildi.

❗️Yaʼni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2 yildan keyin joriy qilinadi. Boşqaça aytganda hozir maktabda 11-sinfda öqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topşiradi, hozir 10-sinfda öqiyotganlar esa 2023-yili testda tarix örniga huquqiy fanlardan test topşiradi.

Maʼlumot uçun: bugungi kunda maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari öqitib kelinmoqda. Test savollari uşbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Xabarda taʼkidlanişiça, bu qaror maktablarda huquqiy fanlarni öqitiş rivojiga katta hissa qöşadi, afsuski huquq fanlari test sinovlarida bölmagani sababli öquvçilarda bu fanlarni öqişga qiziqiş yöq. Endilikda yoşlar maktab davridanoq huquqiy fanlarni öqişga kirişadi, bu ularda öquvçilik davridanoq huquqiy bilimlarining oşişiga turtki beradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 7
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek