Boğot hokimi majburiy mehnat uçun javobgarlikka tortildi

Matn27-sentabr, 2019, 12:591 daqiqa0 koʻrish

Paxtaga majburlab olib çiqqan Boğot hokimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Mahalladosh.uz saytida Boğot tumani hokimining fuqarolarni, işçi-xizmatçilarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani töğrisida xabar tarqalgan edi. Şuningdek, hokim 19-sentabr kuni paxta masalasi böyiça tumandagi 300 ga yaqin fermer xöjaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari masʼullari, budjet taşkiloti va idoralari rahbarlarini yiğib, keçki soat 20:30-dan 22:00-gaça majlis ötkazgan.

Mazkur holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği boşçiligida örganilgan. Natijada Boğot tumanida haqiqatan mehnat qonunçiligi meyorlari buzilganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda vazirlik.

Şunga muvofiq, Boğot tumani hokimi O.Xolboyev, Boğot tumani moliya bölimi boşliği J.Rözmetov hamda Boğot tumani obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği A.Avezovga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan 2 230 000 sömdan 6 690 000 sömgaça, jami 15 610 000 söm miqdorda jarima tayinlandi.

Şuningdek, vazirlik bu yil qölda terilgan 1 kg paxta uçun narxlar oşirilib, birinçi terimda – 800 söm, ikkinçi terimda – 1200 söm tölanişi belgilanganini eslatmoqda. Şuningdek, paxta terimida köngilli sifatida qatnaşiş istagida bölgan fuqarolar uçun terim.uz sayti işga tuşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing