Magistraturada mutaxassislik fanidan 55% töplaş qoidasi
❓Magistraturada mutaxassislik fanidan 55% töplaşga oid qoida haqida
Köpçilik şu mavzu böyiça savol berayotgani uçun, qisqa tuşuntiriş berib ötmoqçiman.
Magistraturaga öqişga qabul qiliş töğrisidagi Nizomning 25-bandida magistraturaga mutaxassislik böyiça maxsus fandan kiriş sinovi uçun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball töplaganlar navbatdagi kiriş sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi, degan qoida belgilangan.
Joriy yilda test sinovlari bir kunda quyidagi fanlardan olindi:
mutaxassislik fani - 30 ta savol (2,3 ball);
ilmiy-pedagogik layoqati - 10 ta savol (3,1 ball);
çet tili - 25 ta savol (2 ball).
❓Köpçilikni öylantirayotgan masala şundaki, 55%lik çeklov faqat mutaxassislik fanidan berilgan 30 ta savolni (69 ball) öz içiga oladimi yoki ilmiy-pedagogik layoqat böyiça berilgan 10 ta IQ test (31 ball) ham qöşib hisoblanadimi?
❗️JAVOB: Ikkalasi qöşib hisoblanadi.
Izoh: Nizomning 14-bandida mutaxassislik böyiça bilim darajasini belgilovçi maxsus fandan baholaş mezoni 0 balldan 100 ballgaçani taşkil etişi belgilangan. Şunga köra, joriy yilda mutaxassislik hamda ilmiy-pedagogik layoqat böyiça berilgan jami 40 ta savol umumiy 100 ballni taşkil qiladi (pastdagi suratda çizilgan qizil maydonga qarang).
Şunga köra, 55%lik çeklov ikkala fandan berilgan 40 ta savolga, yaʼni umumiy 100 ballga taalluqli böladi.
Bu nima degani?
Aytaylik, abituriyent mutaxassislik fandan berilgan 30 ta savolning 15 tasiga töğri javob berdi va 34,5 ball (50%) töpladi. Körib turganingizdek, bu 55% dan kam.
Lekin öz navbatida ilmiy-pedagogik layoqat böyiça berilgan 10 ta savoldan 8 tasiga töğri javob berdi va 24,8 ball (80%) töpladi.
Ikkalasini qöşsa (34,5 + 24,8) jami 59,3 ball böladi.
Bunday vaziyatda abituriyent agar kvota doirasida boşqa raqiblaridan yaxşiroq ball töplay olgan bölsa, unda talabalikka tavsiya etiladi. Çunki u mutaxassislik böyiça umumiy 59,3% ball töplagan, bu 55%dan kam emas.
Xullas, uşbu savolning javobi şunday. Özingiz töplagan balldan kelib çiqib, xulosa qilib olavering.
P.S.: magistratura javoblari, yaʼni kim kirgan, kim kirmaganligi rasman qaçon çiqişini bilmayman. Bu haqda biror rasmiy maʼlumot hozirça yöq. Menimça, 22-sentabrdagi qöşimça imtihondan keyin aniq bölsa kerak. 1-oktabrgaça aniq çiqişi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


