Magistratura imtihoniga kirolmaganlarga qöşimça test böladi
Magistratura imtihoniga kirolmaganlarga qöşimça test böladi
Respublika oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga köra onlayn test sinovlarida iştirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uçun 2020-yil 22-sentabr kuni soat 10:00-da onlayn test sinovlari ötkaziladi.
Mazkur onlayn test sinovlarida iştirok etişga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020-yil 21-sentabr kuni soat 10:00-dan boşlab özlarining şaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida iştirok etiş ruxsatnomasini olişlari mumkin.
Uşbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda iştirok etiş ruxsatnomasi bilan 22-sentabr kuni soat 09:30-ga qadar yetib kelişlari talab etiladi.
❗️Belgilangan muddatdan keç kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈

