Şavkat Mirziyoyev Bözatov tumani aholisi bilan uçraşdi
“Boş vazir baxtli odam, paxta degan taşvişi yöq” — Prezident
Bugun Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib turibdi. Prezident dastlab Bözatov tumaniga taşrif buyurdi va aholi bilan körişdi. Suhbatda Qoraqalpoğiston Şveysariyasi deyiladigan Bözatov tumanida agrar sohani rivojlantiriş haqida köp fikr va takliflar bildirildi.
“Qişloq xöjaligiga yangiça qaraşni örganişimiz kerak. Mana, hozir paxta davri. Ilgari bunaqa paytda öqituvçi ham, şifokor ham, olimu akademik ham, talabayu öquvçilar ham dalada bölardi.
Biz bittada 6 million “ixtiyoriy-majburiy” terimçini paxta dalasidan çiqarib yubordik. Lekin bu bilan paxta yetiştiriş töxtab qolgani yöq. Boş vazirimizga doim aytaman, “qanday baxtli insonsan, paxta degan taşvişing yöq”, deb. Çunki men Boş vazirdan heç qanaqa “svodka” söramayman, paxta nima bölyapti, deb bezovta qilmayman.
Sababi biz işni töğri yölga qöydik, xalqni majburlamasdan ham paxta yetiştirsa bölişini isbotladik. Şuning uçun könglim töq”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈


