Ijtimoiy tarmoqlardagi feyk xabarlar va faktçeking

Matn29-yanvar, 2020, 12:032 daqiqa0 koʻrish

Manba:Mikrofon ko‘targan ayol

“Fact checking”- “faktlarni tekşiriş”
Öznetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydagi kanalizatsiyadan Qurʼoni Karim nusxalari topilgani haqidagi rasm tarqalib yuribdi. Xitoyning boşiga kelgan virus balosiga mana şunday holatlar sabab qilib körsatilyapti. Uyğurlar masalasi haqidagi xabarlar fonida bu surat haqiqatdek körinadi. Ammo...
Odatda odamlarning hislariga öynaydigan rasm va videolarga işonmayman, deyarli körmayman, ammo közim tuşsa, vaqt topib tekşirib çiqaman. Jurnalist-dugonalar guruhida bu xabar muhokama bölgaç, 5 daqiqa içida aniqlaganlarim böyiça axborot bermoqçiman.
Rasmni kompimga köçirib oldimu, Gugl oğadan rasm böyiça qidiriş funksiyasini yoqdim.
Qiziq manzara: Kanalizatsiyadan topilgan Muqaddas Kitob nusxalari surati turli yillarda goh Pokistonda, Goh Hindistonning Biharida (keyinçalik fakt çeking qilib, inkor qilingan), goh Suriyada topildi deb oldi-qoçdi saytlarda, odamlarning onlayn sahifalarida körsatilgan. Odamlar ham kommentlarda hali u xalqni, hali bu xalqni ayblagan, nafratlangan.
Foto-videoning internetga yuklangan vaqti “fakt çeking”da juda muhim ahamiyatga ega. Masalan, “Suriyada topildi” degan xabar 2014-yilda qöyilgan. Kommentlar ham 6 yil avval yozilgan. Vaqt böyiça eng avvalida turgani va köp manbalarda haqiqat deya körsatilgani mana bu xabar:
unda aytilişiça, Saudiya Arabistonining Toif şahrining Sal-Salama tumanida 50 dan ortiq Qurʼon kitobi nusxalari drenaj suv tizimlariga xizmat körsatadigan korxona tomonidan topilgan. Va Toif politsiyasi holat yuzasidan tekşiruv işlarini boşlagan, deyiladi. Eʼtibor bering, bu 2013-yilda qöyilgan xabar. Men vaqt ketma-ketligida mana şu xabargaça yetib keloldim va bundan avval qöyilgan xabarga közim tuşmadi.
P. S. Bu suratdan yana juda köp manbalarda turli manfaatlar yölida foydalanilganini seziş qiyin emas. Masalan, pokistonliklarni hindlarga qarşi qöyiş maqsadida. Xitoyning yaxşi va yomon işlarini taftiş qiliş paytida “Allohning jazosi” deya hukm çiqarmaylik. Bu bizning aqlimiz va izmimizdagi işlar emas. Bu haqda mana bu postni öqib çiqsak, foydadan xoli bölmasdi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek