Yoş isteʼdodlarga beriladigan yangi imtiyozlar
Yoş isteʼdodlarga bir qator imtiyozlar beriladi
Bu haqda bugun bölib ötgan yoş isteʼdod egalari bilan ijodiy uçraşuvda «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odilbek Abduqahhorov xabar bergan.
Jumladan:
• qöşiqçilik sohasida isteʼdodini namoyiş etmoqçi bölgan yoşlar öz faoliyatlarini boşlab olişlari uçun ularga bir yil muddatgaça bepul litsenziya beriladi;
• isteʼdodli talabalar va haqiqiy ovoz egalari uçun respublikaning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan «Özbekkonsert»ga tegişli ovoz yoziş studiyalari xizmatlaridan haftaning har seşanba va juma kunlari soat 9:00dan 18:00ga qadar bepul tarzda foydalanişlari mumkin;
• jamiyatda faollik körsatayotgan isteʼdod egalarining sanʼat va madaniyat oid oliy öquv yurtlariga öqişga kirişlari uçun Madaniyat vazirligi bilan birgalikda tavsiyanomalar beriladi;
• ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj isteʼdod egalarini Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda uy-joy bilan taʼminlaş yuzasidan tavsiyanomalar beriladi;
• yoş isteʼdodlarni kaşf qiliş borasida ötkaziladigan turli tanlovlarda ğolib bölgan yoşlarga 5 milliondan 20 million sömgaça miqdorda moddiy rağbatlantiriş yölga qöyiladi;
• «Milliy» telekanali bilan hamkorlikda yurtimizda ilk bor «Asian Top Band» xalqaro musiqiy loyihasi doirasida kasting va saralaş bosqiçlari ötkaziladi. Loyihada ğolib bölganlar 50 000 AQŞ dollari miqdoridagi mukofotiga ega bölişadi.
👉 @xushnudbek 👈

