Mehnat vazirligiga Mehnat kodeksi böyiça eslatma
Mehnat vazirligiga eslatma: Mehnat kodeksini bir varaqlab qöyinglar, iltimos
Ijtimoiy tarmoqlarda Yagona milliy mehnat tizimiga xodimlarning maʼlumotlarini kiritiş uçun iş beruvçi tomonidan yaqin qarindoşlarning pasport raqami hamda seriyasi söralayotgani yuzasidan köplab muhokamalar bölmoqda.
Şu desangiz, Mehnat vazirligi matbuot kotibi özining Telegram kanalida bu böyiça qiziq munosabat bildiribdi. Unda jumladan şunday deyiladi:
«Gap şundaki, har bir xodim işga kirar paytida maʼlumotnoma(obyektivka) töldirar edi. Unda özining şaxsiy maʼlumotlari bilan birga yaqin qarindoşlari töğrisida maʼlumotlar(ism-şarifi, tuğilgan yili, iş, yaşaş joyi)ni kiritgan.
Endilikda yuqorida sanab ötilgan maʼlumotlarning barçasi yaqin qarindoşlarning pasport seriyasi va raqami orqali şakllantiriladi. Boşqaça aytganda, endilikda xodim maʼlumotnoma (obyektivka)ning “Yaqin qarindoşlar” bölimini töldirib ötirişi şart emas! Elektron tizim yaqin qarindoşlarning pasport seriyasi hamda raqami orqali barçasini özi şakllantiradi.
Bunda pasport nusxasi ham talab etilmaydi».
Bu xabarni Mehnat vazirligining rasmiy kanali ham forvard qilibdi.
Ha, töğri, bir hisobdan yuqoridagi gaplarda jon bor, yaʼni işga kirayotganimizda bizdan obyektivka söraladi. Bu Özbekiston uçun ajralmas odatga aylangan. Obyektivkaning orqa qismida har doim yaqin qarindoşlarimiz haqida (ota-ona, turmuş örtoq, farzandlar, aka-uka, opa-singil, qaynota-qaynona, qaynaka-qaynuka, qaynopa-qaynsingil) öta şaxsiy maʼlumotlarni yozişga majbur bölamiz.
Zamonaviy dunyoda allaqaçon CV/rezyume körinişidagi faqat şaxsning öziga taalluqli bölgan maʼlumotlarni söraşga ötilgan bir paytda, biz haliyam SSSRning sarqiti bölgan obyektivkalarni sörab yuribmiz. Bu ğirt sovetça talab, çunki bu totalitar tuzumda butun uruğ-aymoğini suriştirib, barça şaxsiy maʼlumotlarga ega çiqişga bölgan intilişdan qolgan sarqit anʼana. Agar yaqin qarindoşi sudlangan, xalq duşmani yoki "qora röyxat"dagi odam bölsa, işga olmaslik uçun talab etilgan bunaqa obyektivka.
Mayli, bunisi öz yöliga. Endi Mehnat vazirligining bayonoti böyiça ikki oğiz.
Mehnat kodeksining 80-moddasida işga qabul qiliş vaqtida talab qilinadigan hujjatlar röyxati sanalgan. Bu quyidagi hujjatlar:
1) pasport yoki uning örnini bosadigan boşqa hujjat;
2) mehnat daftarçasi;
3) harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
4) maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega şaxslargina bajarişi mumkin bölgan işlarga kirayotganda oliy yoki örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtini tamomlaganligi töğrisidagi diplom yoxud mazkur işni bajariş huquqini beradigan guvohnoma yoki boşqa tegişli hujjat.
Endi qiziq joyiga keldik: öşa 80-moddada yana bir band bor. Unda quyidagiça qoida belgilangan:
❗️«Işga qabul qiliş vaqtida işga kirayotgan şaxsdan qonun hujjatlarida körsatilmagan hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi».
Mehnat kodeksida heç qanday obyektivka haqida gap-söz yöqligini kördingiz. Unda aytingçi, iş beruvçining nima haqqi bor, işga kirayotgan yoki işga kirgan xodimdan qonunda körsatilmagan hujjatni talab qilişga?
Boz ustiga Vazirlar Mahkamasining 05.12.2019-yildagi 971-son qarori bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» töğrisidagi nizomning ham birorta joyida obyektivka töldiriş, yaqin qarindoşlarning pasport seriyasi yoki boşqa şaxsiy maʼlumotlarini söraş haqida lom-mim deyilmagan.
Mehnat sohasidagi davlat boşqaruvini amalga oşirişga masʼul bölgan vazirlikning özi iş beruvçilarning Mehnat kodeksida körsatilmagan hujjatlarni sörayotganini maʼqullaşi, aytiş joiz bölsa, özi bu jarayonlarning ustida turişi qaysi mantiqqa töğri keladi?
Yagona milliy mehnat tizimini yaratayotganda nima uçun qonunda körsatilmagan hujjatlarni talab qilişga oid bandlarni kiritib ketişgan? Nima uçun «mana bu hujjat Mehnat kodeksida yöq, bunaqa narsani bazaga kiritmaymiz» deyişmagan.
Şaxsiy maʼlumotlar daxlsizligiyu mehnat qonunçiligi qayoqda qolyapti, örtoqlar? SSSRdagi sarqitdan qutiladigan vaqt kelmadimikin?
👉 @xushnudbek 👈


