21-oktabr Özbek tili bayrami dam oliş kunimi

Albom20-oktabr, 2020, 12:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Ertaga dam oliş kunimi?

2020-yil 10-apreldagi qonunga binoan 21-oktabr Özbek tili bayrami kuni etib belgilangan edi.

Şundan kelib çiqib, köpçilik ertaga dam oliş kuni böladimi, deb söraşmoqda.

❗️JAVOB: yöq, 21-oktabr dam oliş kuni emas.

Mehnat kodeksidagi matndan mantiqiy kelib çiqsak, barça bayramlar ham dam oliş kuni bölavermaydi. Masalan, 14-yanvar - Vatan himoyaçilari kuni yoki 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni dam oliş kunlari emas. Yoxud köplab kasb bayramlarini bunga misol keltiriş mumkin.

Agar bayramlar dam oliş kuni deb belgilansa, qonunda bu alohida körsatiladi. Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan Özbekistonda 9 ta bayramda dam olinadi (röyxati rasmda berilgan). Özbek tili bayrami ular röyxatida yöq.

Qonunlardagi farq haqida yanada yaxşiroq tasavvur hosil qilişingiz uçun, Öqituvçi va murabbiylar kunini belgilaş hamda Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisidagi qonunlarni ilova qilyapman, öqib körsangiz hammasi tuşunarli böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek