Jamoat transportida majburiy qölqop taqiş tanqidi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan



Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bekorga qölqoplarni befoyda demagan. Har holda ular biznikilardan farqli ölaroq şunçaki osmondan olib gapirişmaydi, ilmiy tadqiqotlar, izlanişlar qilişadi. Faktlarni örganişadi.
Jamoat transportida qölqop taqqan inson baribir öz telefoni, buyumi, kiyimi, kerak bölsa niqobiyu, yuzini uşlaydi, bu esa agar qölqop yuzasiga virus tuşsa, öşa inson baribir virus yuqtirib oliş xavfini salkam muqarrar holga keltiradi degani.
Ha, mayli, körinib turibdiki, masʼullar bu mantiqsiz qarorini zör berib oqlaşga intilişiga qaraganda, xalq tölagan soliqlar evaziga majburiy qölqop tarqatiş tadbiri baribir şu kunlarda töxtatilmaydi. "Biz mutloq haqmiz, JSST ham bekorlarni aytibdi" degan prinsipda budjet pullari havoga sovurilişda davom etaveradi.
Men esa kanalda qölqop mavzusida boşqa yozmayman. Dod deysizmi, voy deysizmi, foydasi yöq baribir.
Duo qilamiz, ilohim virus tezroq yöqolsin yoki tezroq davosi topilsin. Qutilaylik barçasidan. Çarçab ketdi odam.
👉 @xushnudbek 👈


