Dam oliş kuni işga jalb qiliş tartibi va tölovlari

Matn27-iyul, 2018, 16:541 daqiqa0 koʻrish

​​Vazirlar Mahkamasining 26-iyuldagi farmoyişiga asosan, 28-iyul - şanba kuni bank tizimi, moliya va soliq idoralarining ayrim xodimlarini qonunçilikda belgilangan tartibda işga jalb qilişga ruxsat berilibdi.

Qonunçilikda belgilangan tartib, degani - Mehnat kodeksining bir qator moddalariga qatʼiy amal qiliş kerak degani. Xususan:

1) MK 157-moddasiga binoan, iş vaqtidan taşqari işlar, dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi. Bu yerda kamida 2 hissa deyilgan, amalda bundan köp ham tölanişi mumkin. Tölanadigan haqning aniq miqdori jamoa şartnomasida belgilanadi.

2) Bayram yoki dam oliş kunidagi iş xodimning xohişiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriş bilan qoplanişi mumkin.

3) Nogironlarni iş vaqtidan taşqari işlarga va dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga ularning roziligi bilangina, başarti ular uçun bunday işlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bölsa, yöl qöyiladi.

4) Homilador ayollarni va ön tört yoşga tölmagan bolasi (ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz iş vaqtidan taşqari işlarga, dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga va xizmat safariga yuborişga yöl qöyilmaydi.

5) Ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslarni iş vaqtidan taşqari işlarga va dam oliş kunlaridagi işlarga jalb etiş taqiqlanadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek