Jonli ijroda konsert beradiganlarga ijara imtiyozi beriladi

Matn26-may, 2020, 21:561 daqiqa0 koʻrish

Jonli ijroda konsert beradigan sanʼatkorlarga 50 foizlik ijara imtiyozi beriladi

Bugun Şavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasining jamiyatdagi örni va taʼsirini oşiriş haqidagi PF-6000-sonli Farmonni imzoladi.

Farmonga köra:

👉 davlat tasarrufidagi konsert va madaniyat saroylarida töliq jonli ijro asosida ötkaziladigan konsert dasturlari uçun ijara tölovidan 50 foiz çegirma qilib beriladi;

👉 konsert-tomoşa tadbiriga bir martalik ruxsatnoma beriş uçun undiriladigan yiğim bekor qilindi;

👉 davlat organlari tomonidan ötkaziladigan tadbirlarda konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslar xizmat körsatganda albatta yozma va haq evaziga tuziladigan şartnoma tuzilişi belgilandi;

👉 Sanʼatkor, ijodkor va ijroçilarning mualliflik huquqlarini himoya qiliş palatasi tuzildi;

👉 Respublika qöğirçoq teatriga Özbek Milliy qöğirçoq teatri nomi berildi;

👉 2020-yil sentabr oyidan boşlab davlat muzeylarida har oyning birinçi yakşanbasi "oçiq eşiklar kuni" deb eʼlon qilinib, öşa kuni muzeylarga kiriş bepul böladi;

👉 15-aprelni "Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni" deb belgilaş töğrisida qonun loyihasi işlab çiqiladi.

@xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek