Ijtimoiy tarmoqlar bloklanişining biznesga taʼsiri

Matn5-yanvar, 2019, 19:362 daqiqa0 koʻrish

Manba:Fikrbank

IWC va Global Stats bergan maʼlumotlarga köra Özbekiston aholisining 47% bugungi kunda internetga kiradi. Bulardan aynan Facebook va YouTube tarmoğida vaqt ötkazadiganlar örtaça hisobda 1M~1.2 million kişini taşkil etadi. Lekin bugungi kunda bu ikkala tarmoq ham mamlakat hududida işlamayapti. Quyida kaminaning şu boradagi şaxsiy fikrlari bilan örtoqlaşaman.

BIZNES VA ONLAYN SAVDOGA TAʼSIRI

Nima bölganda ham, bugun masalani biznes tomoniga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. Mamlakatimizda innovatsiyalar va IT sohasiga katta eʼtibor berilayotgani hisobga oladigan bölsak, bugungi kundagi bu ikki ijtimoiy tarmoqlarga tösiq qöyilişi marketingda kamida bitta muammoni belgilab beradi. Çunki, yangi oçilayotgan biznes startaplari va mavjud bizneslar uçun reklama maydonini sezilarli darajada torayişi yaxşilik alomati emas. Har qalay fasebook butun dunyoda bölayotgan digital marketing (internet reklamaning) 19.7% ga egalik qiladi.

Keling endi bugungi kundagi holatni misol tariqasida körib çiqaylik. Masalan, Abdujalil yangi mobil ilovasini reklama qilişni xohlaydi. Yangi onlayn startap bölganligi sababli, televideniye, gazeta va billboardlar iqtisodiy va platforma tarafdan qulay tanlov emas. Abdujalil 15-20 yoşdagi yigitlar uçun erkaklar kiyimini xarid qiliş mumkin bölgan mobil ilovasini reklama qilişi kerak. Uning uçun eng qulay tanlov - SMM (Social Media Marketing), yaʼni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qiliş. Bugungi kunda eng qulay variant (Facebook va YouTubening bloklanganligi sababidan) - telegram kanallari. Ammo telegram kanallarida reklama berayotganda “target audience profiling” degan narsani unutişga töğri keladi. Kun.uzda 500ming dan ortiq foydalanuvçi bölsa ham, ularning sonini biz yoş kategoriyasi, joylaşgan viloyati, jinsi böyiça bila olmaymiz. Telegramda esa global reklama platformasi yöq. Bu degani Abdujalil turli kanallarda har biriga alohida pul tölab, reklama qilişiga töğri keladi. Agar Facebook işlayotgan bölganida quyidagi holat yuzaga kelar edi:
Abdujalil öz hisobiga 100$ pul ötkazadi va qöyilgan reklamani kimlar körişini belgilaşi mumkin - “faqat erkaklar, yoş guruhi 18-20, faqat Özbekiston hududida bölganlarga bu reklama körinsin” degan tugmalarni bosadi vassalom. Facebook unga qança odamga reklamasi yetib borişi, qança odam uning dasturini reklama orqali yuklab olgani haqidagi maʼlumotlarni çiroyli grafa şaklida taklif qiladi.

Aslini olganda Abdujalil bu işlarni hozir ham qilişi mumkin. Lekin Facebook ning aksar özbek segmenti VPN dasturlar orqali unga kirayotganini hisobga oladigan bölsak, ularga Abdujalilning reklamasi körinmaydi. Çunki VPN allaqaçon ularning IP adresini Niderlandiya, Amerika yoki dunyoning boşqa bir burçagidagi serveridan olib işlatayotgan böladi.

Aytgança, kimdir Xitoy kabi davlatlarni misol qilib keltirib, biz şunga öxşaş “virtual izolyatsiya” yölidan ketmoqdamiz deb aytişi mumkin. Lekin biz hali Xitoyning “Baidoo” yoki “WeChat” kabi bir paytning özida onlayn-tölov, ijtimoiy tarmoq va qidiruv sistemasini örnini bosadigan tarmoq yaratganimiz yöq.

Xurşid Maroziqov
@fikrbank

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek