Ijtimoiy tarmoqlardagi yolğon xabarlardan ogohlantiriş
Şu opamga, şu poççam
Qaysidir vijdonsiz va gunohdan qörqmaydigan pastkaşlar mana bunaqa yolğon xabarlarni tarqatişini köp körganmiz.
Ularku mayli, ammo yoşlarimiz ham şunga yaraşa sodda. Ularning köpçiligida na mantiqiy tahlil bor, na bunaqa xabarlarga immunitet.
Şunga işonayotganlarning birortasi «qani, özi rostdan Kun.uzda şunaqa xabar çiqdimi» deb tekşirib körmaydi. Yöq, bunaqa tekşirib körsa, nozikkina miyaçasi qiynalib qolişi mumkin. Undan köra, hovliqib, döstlariga, guruhlarga tezda forvard qiliş maʼqulroq.
Xabarni tagida https://kun.uz/86861491 degan havola turibdi, heç bölmasa şunga kirib köringlar, ana şunda körasizlar, u yerda nima yozilganini (izoh: bu xabarda Hayit kungi testlar köçirilgani yozilgan).
Ahvol şu darajada açinarliki, «Kun.uz xabar berişiça, 9-qavatdan sakrab tirik qolganlar, byudjetga kirarmiş» deb miş-miş tarqatişsa, kamida yuz kişi sakrab köradi🤦♂️
❗️Ayrimlar xafa bölsa ham aytaman, iltimos, yetaklagan tomonga ketadigan qöyga öxşab qolmaylik, ongli insonmizku axir.
👉 @xushnudbek 👈


