Kimyo fanidan test savollari va kalkulyator muammosi

Matn8-avgust, 2019, 20:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yana kimyo fani böyiça tuşgan savollar masalasida (davomi)
#abituriyent

Xolislik nuqtai nazaridan eʼtiroz bildirayotgan tomonning fikrlaridan birini ham eʼlon qilaman. Bir muştariy bugun kanalda eʼlon qilingan ovozli xabarga javob şaklida, quruq gap emas, aniq misollar bilan yuboribdi (suratlar yuqorida eʼlon qilindi).
👉 https://t.me/xushnudbek/2885

Avvalo joriy yilda tuşgan test savollari kitobini eʼlon qilayotganim uçun uzr sörayman, lekin bu allaqaçon Telegram kanallarida tarqalgan surat.

Muştariy fikrini töliq keltiraman:

«Man shu sohaga yaqin yuraman, Xushnudbek aka. Resp.lika olimpiadasiga qatnashganman. 100% kimyo topshirganlar uchun bu qiyin edi. Man kanallarda tarqagan bu yil tushgan bir kimyo orginal test bo'yicha sizga tahlil qilishga harakat qilaman.

15 ta savolga agar uzim ichkarida ishlasam 1 soat bez kalkulyator ketarkan, 30 ta savolga shunda 2 soat ketarkan, men shunda umumiy to'xtovsiz kimyo bilan 8-9- sinfda,1-2-3- kurs litseyda,1-2-3-4-5- kurs insitutda shug'ullanib kelyabman,abuturientlar bilan taqqoslay olmayman uzimni, ular bor yug'i bir yil ikki yil shug'ullanadi xolos, matematikam ham yaxshi, bemalol bez kalkulyator ishlay olaman.

Faqat menga mualliflik huquqi kerakmas, kimyoni judayam yaxshi ko'raman mujizaviy fan ichiga kira olgan odam uchun.

Nega kimyoga kalkulator berilmaydi?

Nega Mendeliyev olimpiadasida, Xalqaro kimyo olimpiadasida kalkulator beriladi, kalkulator bermas ekan nega oddiy xisoblab bo'lmaydigan masala tashlaydi? Yo kalkulatorsiz ishlaydigan masala bersin, yo 2018 ga o'xshagan test bersin, yo kimyoga topshirganlarga bittadan kalkulator berib, kerak bo’lsa abuturientdan pulini olsin».

Fikr tugadi.

Şu mavzuga oid bildirilayotgan fikrlar orasida, «savollar xato emas, unçalik qiyin ham emas, işlasa böladi, ammo kalkulyatorsiz bu masalalarga 1 soat içida javob berib bölmaydi, barçasi köp vaqtni oladigan misollar edi» degan fikrlar ham juda köp keldi. Tuşunişimça, asosiy eʼtirozlar aynan mana şu nuqtada birlaşmoqda.

Özi rostdan, nima uçun kimyoga kalkulyator berilmaydi? Mutasaddilar şu masalani öylab körişsa, yaxşi bilardi.

DTMdan mazkur masalalar böyiça batafsil munosabat kutib qolamiz.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek