Viloyat hokimlari yöl qöygan xatolarini özlari tuzatadi

Matn8-avgust, 2019, 19:391 daqiqa0 koʻrish

Özing qilgan xatoni, avval özing tuzat, deyilibdi

Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining axboroti eʼlon qilindi. Jumladan unda şunday sözlar bor:

«Qoplanişi kerak bölgan zarar miqdori, jabr körgan aholini moddiy va maʼnaviy jihatdan töliq qöllab-quvvatlaş taʼminlanişini hisobga olgan holda viloyat hokimlari va boşqa masʼul şaxslarning egallab turgan lavozimidan darhol ozod etilişi ular uçun vaziyatdan çiqişning eng oson yölidir. Bu borada amalga oşirilişi kerak bölgan işlar uçun masʼuliyat va maşaqqat endi ularning işini davom ettiruvçilar zimmasiga tuşadi.

Şuni inobatga olib, davlatimiz rahbari tomonidan tegişli hududlar rahbarlarining joylarda ular yöl qöygan xatolarni tuzatiş, fuqarolarning mulkiy huquqlari va hukumatga işonçini töliq tiklaş böyiça işlarda ularning şaxsan iştirok etişini taʼminlaş maqsadga muvofiq ekani töğrisidagi taklif qöllab-quvvatlandi.

Yil yakunlari böyiça barça viloyatlar, jumladan, Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlari hokimlari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, joylarda yuzaga kelgan vaziyatni önglaş böyiça amalga oşirilgan işlar samaradorligiga baho beriladi».

Axborotning töliq matni

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 7-avgust kungi test natijalari eʼlon qilindi

    02 daqiqa

Yana oʻqing