Bo‘sh qoldirilgan savolga ball berilishi sababi tushuntirildi
Mana şu javoblar varaqasi ijtimoiy tarmoqlarda rosa "aylandi".
Uşbu holatda 1-savolga javob belgilanmagan, lekin öşa savol uçun ball qöşilgan.
Olingan dastlabki maʼlumotlarga köra, bu yerda ğayritabiiy narsa yöq. Agar savollar kitobida texnik nuqson bölsa, masalan, savol boru, lekin javob variantlari tuşib qolgan bölsa, unda abituriyent şikoyat qoldirişi hamda öşa savolni belgilamasligi mumkin.
Uning şikoyati DTMda körib çiqiladi va eʼtiroz örinli bölsa, unda öşa savolga ball beriladi. Çunki texnik xatolik uçun abituriyent jabr çekmasligi kerak.
Aytişlariça, bunaqa holat kamdan-kam holatlarda röy berişi mumkin ekan.
Aslida bu gaplarni rasmiy xabar berilmagunça, aytmoqçimasdim. Ammo ayrim kanallarda «ertaga Siz ham böş qoldirib çiqsangiz, ball berilarkan» degan bölmağur maslahatlar yozilayotgani uçun, oldini olib aytişga majbur böldim.
❗️Hurmatli abituriyentlar, kim nima desa, işonavermang. Javobni belgilamay, böş qoldirsangiz, heç qanaqa ball berilmaydi. Undan köra öz bilimingizga işoning.
#abituriyent
👉 @xushnudbek 👈

