Oliy taʼlim tizimidagi muammolar va takliflar

Video26-oktabr, 2019, 10:018 daqiqa0 koʻrish

Keçagi Xalqaro press-klub sessiyasida aytgan fikrlarim:

Qisqaça:

1) Oliy taʼlim sifati taʼlimning qolgan bosqiçlaridagi ahvoldan ham yomonroq bölib qolgandi;
2) Respublika oliy taʼlim kengaşining avvalgi Rektorlar kengaşidan asosiy farqlaridan biri jamoatçilik nazorati kiritilganida. OTM muammolariga qarşi kuraşişni faqat rektorlarga işonib topşiriş, qöziçoqni böriga işonganday gap;
3) Pedagogik OTMlardagi sifatni yaxşilaş kerak;
4) Lekin barça aybni öqituvçilarga tönkaş ham notöğri, çunki yillar davomida ularga munosib şaroit yaratib bermadik. Öqituvçilar robot emas, inson;
5) Talabalarni ham keraksiz yuklamalar bilan band qilib taşlaganmiz;
6) Haftasiga 5 kun öqiydigan qiliş kerak, şanba kuni darslar bölmasin, talaba mustaqil taʼlim bilan şuğullansin;
7) Nodavlat hamda xususiy OTMlardan qörqamiz, ularga litsenziya berişni istamaymiz. Vaholanki, davlatning töliq nazoratidagi sohalar juda unaqa yaşnab ketmaydi. Biz heç ikkilanmasdan, xususiy OTMlarga ruxsat berişni boşlaşimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek