Buyuk Britaniyada bepul magistratura uçun arizalar qabul qilinmoqda
Şoşiling: Buyuk Britaniyada bepul magistratura!
www.chevening.org/apply sahifasi orqali Buyuk Britaniya hukumatining “Chevening” (Çivning) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Faqat sal şoşilişingiz kerak, çunki dedlayn 5-noyabrgaça, vaqt kam qoldi.
“Chevening” stipendiyasi liderlik salohiyatiga hamda kuçli akademik tayyorlovga ega bölgan mutaxassislar uçun möljallangan. Stipendiya Britaniyaning istalgan universitetida, tanlangan yönaliş boyiça magistrlik dasturida bepul tahsil oliş hamda turli akademik, professional va madaniy tadbirlarda qatnaşiş imkonini beradi.
Dastur 1983-yilda oçilganidan beri 50 mingdan ortiq taniqli mutaxassislar Buyuk Britaniyada öqiş imkoniyatiga ega bölişdi.
2020/2021 öquv yili uçun butun dunyo böylab 1500 dan ortiq stipendiyalar ajratilmoqda.
Yaqinda joriy öquv yili uçun bölib ötgan saralaşdan söng 10 nafar Özbekistonlik mutaxassis Buyuk Britaniyaga SOAS, LSE, Siti universiteti, Edinburg universiteti va boşqa OTMlariga öqişga ketdi.
Uşbu stipendiyani oliş huquqiga ega böliş uçun nomzodlarga qöyiladigan şartlar:
✔Özbekiston fuqarosi bölişi;
✔Bakalavr diplomi;
✔kamida ikki yillik iş tajribasiga ega böliş;
✔öqişni tugatgandan keyin Özbekistonga qaytib kamida ikki yil Özbekistonda işlaş;
✔Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlarida istalgan yönaliş böyiça uçta magistrlik dasturiga mustaqil ravişda hujjatlar topşiriş va kamida bitta dasturga 2020-yil 16-iyulgaça töliq qabul qiliniş (Unconditional offer);
✔ingliz tilini mukammal darajada biliş, tilning biliş darajasini tasdiqlovçi sertifikatni (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 79) 2020-yil 16-iyulgaça taqdim etiş.
Stipendiya doirasida tanlangan universitetda öqiş, aviaçipta, viza oliş xarajatlari qoplanadi, hamda har oy Buyuk Britaniyada yaşaş xarajatlari uçun stipendiya tölanadi.
Batafsil maʼlumotni quyidagi veb-saytda olişingiz mumkin:
www.chevening.org;
www.chevening.org/scholarship/uzbekistan/
Şuningdek, Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi Elçixonasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida:
Facebook: fb.com/ukinuzbekistan
Instagram: @ukinuzbekistan
Twitter: @ukinuzbekistan

