Buyuk Britaniyada bepul magistratura uçun arizalar qabul qilinmoqda
Şoşiling: Buyuk Britaniyada bepul magistratura!
www.chevening.org/apply sahifasi orqali Buyuk Britaniya hukumatining “Chevening” (Çivning) stipendiya dasturiga 3-noyabrgaça arizalar qabul qilinmoqda.
“Chevening” stipendiyasi liderlik salohiyatiga hamda kuçli akademik tayyorlovga ega bölgan mutaxassislar uçun möljallangan. Stipendiya Britaniyaning istalgan universitetida, tanlangan yönaliş böyiça magistrlik dasturida bepul tahsil oliş hamda turli akademik, professional va madaniy tadbirlarda qatnaşiş imkonini beradi.
Yaqinda joriy öquv yili uçun bölib ötgan saralaşdan söng 7 nafar Özbekistonlik OTMlariga öqişga ketdi.
Uşbu stipendiyani oliş huquqiga ega böliş uçun nomzodlarga qöyiladigan şartlar:
✔️Özbekiston fuqarosi bölişi;
✔️Bakalavr diplomi;
✔️kamida ikki yillik iş tajribasiga ega böliş;
✔️öqişni tugatgandan keyin Özbekistonga qaytib kamida ikki yil Özbekistonda işlaş;
✔️Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlarida istalgan yönaliş böyiça uçta magistrlik dasturiga mustaqil ravişda hujjatlar topşiriş va kamida bitta dasturga 2021-yil 15-iyulgaça töliq qabul qiliniş (Unconditional offer);
✔️ingliz tilini mukammal darajada biliş. Tilning biliş darajasini tasdiqlovçi sertifikat Chevening tomonidan talab qilinmaydi, ammo universitetlar talab qiladi.
Stipendiya doirasida tanlangan universitetda öqiş, aviaçipta, viza oliş xarajatlari qoplanadi hamda har oy Buyuk Britaniyada yaşaş xarajatlari uçun stipendiya tölanadi.
Batafsil maʼlumotni quyidagi veb-saytdan olişingiz mumkin:
www.chevening.org;
www.chevening.org/scholarship/uzbekistan/
Şuningdek, Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi Elçixonasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida:
Facebook: fb.com/ukinuzbekistan
Instagram: @ukinuzbekistan
Twitter: @ukinuzbekistan


