Sejong universiteti va El-yurt umidi jamg‘armasi grantlari

Matn7-oktabr, 2020, 19:012 daqiqa0 koʻrish

Janubiy Koreyada öqiş istagida bölgan yoşlar diqqatiga!

“El-yurt umidi” jamğarmasi Koreya Respublikasining Sejong Universiteti bilan hamkorlikda, eng zamonaviy mutaxassisliklar böyiça Koreyada magistratura va doktoranturada taʼlim oliş grantlarini eʼlon qiladi!

Özaro hamkorlik memorandumiga muvofiq Sejong universiteti Özbekiston fuqarolariga har yili tanlov asosida magistratura va doktoranturada taʼlim oliş uçun jami 15 örin hamda stajirovka ötaş uçun jami 50 tagaça örin ajratilişi kelişilgan.

Joriy yil 29-sentabrda Sejong universiteti 2021-yil uçun magistratura va doktoranturada tahsil oliş uçun quyidagi mutaxassisliklar böyiça grantlar eʼlon qilganini maʼlum qildi:

1. Arxitekturaviy dizayn
2. Kompyuter grafikasi
3. Sunʼiy aqlga asoslangan tasvirni qayta işlaş yoki kompyuter grafikasi
4. Robototexnika, boşqaruv elementlari, mexatronika
5. Çiplarga asoslangan tizim dizayni
6. Buyumlar interneti, texnikasini örganiş, aqlli xizmatlar, dasturlaş injeneriyasi
7. Nanoqurilmalar, grafen, ikki ölçovli materiallar, quyoş batareyasi qöllanilişi, yangi avlod yarim ötkazgiçi
8. Dron (uçar robot) navigatsiyasi va nazorati
9. Dron (uçar robot) formatsiya parvozi
10. Mexanika nazariyasini örganiş
11. Ösimliklar molekulyar biologiyasi
12. Tarkibiy tahlil, hisoblaş mexanikasi
13. Muhandislik va konçilik
14. Simsiz aloqa, maşinalarni örganiş, fotonik tasvirlaş tizimi, tasvirlarni qayta işlaş
15. Kompyuter-texnikasini örganiş
16. Ösimliklar seleksiya, genetikasi, ösimliklarning molekulyar biologiya
17. Dengiz mahsulotlari, baliq yetiştiriş, baliq kasalliklari, molekulyar biologiya, hujayra biologiyasi
18. Molekulyar naslçilik
19. Ösimliklar genetikasi va molekulyar naslçilik
20. Profilaktik tibbiyot, soğliqni saqlaş, statistika, atrof-muhit va molekulyar epidemiologiya

Magistratura va doktorantura taʼlim dasturlarida tahsil oliş bilan boğliq xarajatlar Sejong universiteti granti hisobidan moliyalaştiriladi.

❗️Lekin arizalar topşiriş uçun vaqt oz qoldi!

Stipendiya tanlovlarida qatnaşiş uçun nomzodlar 2020-yil 14-oktabrga qadar http://bit.ly/sejong_s link orqali onlayn röyxatdan ötişlari lozim.

Nomzodlarning dastlabki maʼlumotlari asosida Janubiy Koreya Sejong universiteti professorlari bilan joriy yil 14-18-oktabr kunlari Zoom orqali ingliz tilida onlayn muloqot bölib ötadi. Suhbatdan muvafaqqiyatli ötgan nomzodlar esa joriy yil 23-oktabrga qadar barça tegişli hujjatlarini universitet internet saytiga yuklaşlari talab etiladi.

Janubiy Koreyada tahsil oliş yoki ilmiy izlanişlar olib boriş niyatida bölganlarni mazkur grantlarda faol iştirok etişga çaqiramiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek