Şerzod Şermatov xususiy universitetlar oçişni taklif qildi
Innovatsiya vaziri örinbosari Şerzod Şermatov meningfikrim.uz portaliga xususiy universitetlar oçişga imkon beriş kerakligi haqida petitsiya qoldirgan ekan, moderator asossiz rad qilibdi. Bu haqida vazir örinbosari Feysbukda quyidagiça post qoldirdi:
Özbekistonda mahalliy nodavlat universitetlarini oçilişiga imkoniyat yaratişimiz zarur!
Bu masalaning muhimligini quyidagi Jahon banki maʼlumotlari asosida tayyorlangan grafikda köriş mumkin. 1990-yilga nisbatan deyarli barça davlatlarda oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oşgan, Özbekistonda esa bu körsatgiç pasayib, xozirgi vaqtda 9% atrofida taşkil etadi, yaʼni dunyoda 117-örin. Bu esa Global innovatsion indeksdagi Özbekistonning örniga juda salbiy taʼsir qiladi. Bunday holatning sababi: aholi soni oşib borgan, lekin oliy taʼlimga qabul kvotalari uşbu davr davomida deyarli ortmagan. Faqat yangi oçilgan çet el universitetlari hisobidan qabul soni köpaygan.
Bu masalaning muhimligini yana quyidagilar körsatadi:
(1) Prezidentimiz tomonidan jamiyatimiz rivojida xususiy sektorga keng imkoniyat yaratiş ustuvor vazifa qilib belgilangan ekan, xususiy sektor nafaqat boşlanğiç va maktab taʼlimida, balki oliy taʼlimga ham kirib kelişiga imkoniyat yaratilişi kerak;
(2) Dunyodagi eng yuqori reytingga ega universitetlar aynan nodavlat universitetlaridir. Ular özining obrösini oşiriş uçun sifatli bitiruvçi çiqarişga harakat qiladi;
(3) Özbekistondagi xorijiy universitetlar filiallarining ham köpçiligi nodavlat universitetlardir;
(4)Taʼlim sifatini nazorat qiliş böyiça inspeksiya tuzilişi ham bu yönalişda öziga xos qadamdir, yaʼni "diplom sotiş" bilan şuğullanadigan universitetlar faoliyatiga yöl qöyilmasligini nazorat qila oladi;
(5) Nodavlat universitetlar köpayişi bilan ular orasidagi raqobat kuçayişi natijasida ular taʼlim sifatiga alohida eʼtibor beradigan böladilar;
(6) Nodavlat universitetlari sifatni oşiriş uçun yaxşi öqituvçilarni jalb qilişga harakat qilişadi, bu esa ularni maoşlari hamda şaroitlarini yaxşilaşga va hatto çet elda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali professorlarimizni mamlakatimizga qaytarişga ham imkoniyat yaratadi;
(7) Iş beruvçilar ham bundan buyoğiga diplomdan köra aynan nomzodning bilim va könikmalariga köproq eʼtibor qaratayaptilar, şuning uçun xususiy universitetlarga kirgan talabalar özlarini ustida köproq işlaşga harakat qiladilar. Ularni heç kim "majburlab" öqitişi şart emas baʼzi davlat universitetlaridagi kabi;
(8) Özbekistonda eng köp resurs bu aynan inson resursidir, şuning uçun uşbu resursdan imkoni boriça yaxşiroq foydalanilsa mamlakat iqtisodiyoti yanada yaxşiroq rivojlanadi. Inson resursi köproq qöşimça qiymat keltirişi uçun esa taʼlimni kuçaytiriş kerak. Xususiy sektor esa davlat sektoridan köra doimo sifatliroq işlaydi. Şuning uçun ham nodavlat universitetlari oçilişiga imkoniyat yaratiş zarur;
(9) Mahalliy tadbirkorlar orasida mahalliy nodavlat universiteti oçişga sarmoya kiritiş niyatida bölganlar ham ançagina. Bu ularning bizneslari rivoji uçun ham yuqori malakali mutaxassis yetiştirişga ham xizmat qiladi. "Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yilida" bunday imkoniyat yaratilişi mamlakatimiz rivoji uçun öziga xos sovğa böladi.
PS. Bu masalada «Mening fikrim» portaliga petitsiya körinişida taklif kiritgan edim, nimagadir moderator rad etibdi. Aslida bu rad etiş qoidalariga töğri kelmaydi. Davlat dasturini körsatilgan bandida ham boşqa topşiriq berilgan. Mayli, agar haqiqatda “taʼlim töğrisidagi” qonunda buni közda tutişsa juda yaxşi iş bölardi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 4
