Respublika oliy taʼlim kengaşi taşkil etiladi

Matn30-sentabr, 2019, 19:051 daqiqa0 koʻrish

​​Respublika oliy taʼlim kengaşi tuziladi

Oliy taʼlim tizimida xalqarolaşuvni kengaytiriş, taʼlim sifati va mazmundorligini oşiriş hamda korrupsion harakatlarga çek qöyiş, şaffoflik, xolislik va obyektivligini taʼminlaş maqsadida Respublika oliy taʼlim kengaşini tuziş haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.

👉 https://regulation.gov.uz/uz/document/8025

Kengaş yuridik maqomga ega bölgan nodavlat notijorat taşkilot hisoblanadi.

Kengaş aʼzoligiga, qoida tariqasida, rektorlar, Fanlar akademiyasining aʼzolari, oliy taʼlim tizimida yoki sohalar böyiça işlab çiqarişda yuksak tajribaga ega bölgan mutaxassislar, xizmat körsatgan mehnat faxriylari, ijodkor va ziyolilar, katta amaliy tajribaga ega obrö-eʼtiborli fuqarolar, OAV va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari qabul qilinadi.

Kengaş tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Respublika oliy taʼlim kengaşining 18 kişilik dastlabki tarkibi ham muhokama uçun eʼlon qilindi. Kengaşga Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti rektori Öktam Umrzoqov raislik qilişi rejalaştirilmoqda.

Quvonarlisi, Kengaş tarkibiga mening nomzodim ham taklif qilinmoqda. Agar mazkur loyiha tasdiqlanib, Respublika oliy taʼlim kengaşi aʼzoligiga qabul qilinsam, Xudo xohlasa, oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş uçun bor kuç-ğayratimni safarbar qilişga tayyorman. Işonç uçun rahmat.

Qaror loyihasi 2-oktabrga qadar muhokama qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek