Sirtqi taʼlim kontraktini arzonlaştiriş petitsiyasi
14-iyun kuni «Mening fikrim» veb-portalida «Sirtqi taʼlim şaklida tahsil oluvçi talabalarning tölov-kontrakt summalarini kamaytiriş haqida»gi petitsiya 10 mingta ovoz töplagan edi.
Uşbu petitsiya yetarli ovoz töplaganiga 60 kundan oşdi.
Qoidaga binoan, murojaatni körib çiqiş va u böyiça qaror qabul qiliş muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tuşgan paytdan eʼtiboran 60 kundan oşmasligi kerak.
Hozirça bu böyiça biror qaror qabul qilindimi yoki yöq, maʼlum emas. Sirtqining (aslida keçkini ham qöşiş kerak edi) kontraktlari arzonlaşadimi yoki yöq, bu ham hozirça aniq emas. Kutamiz, qani nima bölarkin...
P.S.: propiska haqida petitsiyamni heç bir asossiz rad qilişgandan buyon bu portalga allaqaçon hafsalam pir bölgan. Batafsil
👉 @xushnudbek 👈

